Ipoteka bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ipoteka-bankdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ipoteka-bank – Oʻzbekistonning davlat ulushi ishtirokidagi universal bankdir. Ipoteka-bank O'zbekiston bank tizimida jami aktivlari bo'yicha 9 foiz ulush bilan 5-pozitsiyada joylashgan[1].

“Ipoteka-bank” ATIB

Ipoteka-bank Bosh offisi
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Bank ishi, moliyaviy xizmatlar
Birja listingi UZSE: IPTB
Ishga tushgan sanasi 1996-yil; 26 yil avval
Joylashuvi Toshkent, O'zbekiston
Mahsulot(lar)i Korporativ kreditlash, chakana xizmatlar, savdoni moliyalashtirish, ipoteka kreditlari, plastik kartalar
Kapitallashtirish 4 927 mlrd so'm (01.01.2022-yil holatiga MHXS bo'yicha)
Sof foyda 887 mlrd so'm (2021-yil yakuniga MHXS bo'yicha)
Ishchilar soni 4003 nafar
Shoʻba korxonalari

Imkon-sugurta MCHJ,

Ipoteka Leasing MCHJ
Vebsayti https://www.ipotekabank.uz/

Ipoteka-bank ipoteka kreditlari berish va uy-joy qurilishini moliyalash boʻyicha yetarli tajribaga ega bank hisoblanadi[2].

Bank yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qiladi, kreditlar beradi, Oʻzbekiston va xorijga pul oʻtkazmalari xizmatlarini koʻrsatadi. Bank 39 ta filial va 400 dan ortiq xizmat koʻrsatish nuqtalari orqali 1,2 milliondan ortiq korporativ va chakana mijozlarga xizmat koʻrsatadi[3].

Oʻzbekiston hukumati bank aksiyalarining asosiy qismiga egalik qiladi va tarixan kapital kiritish, moliyalashtirish va davlat kafolatlari orqali qoʻllab-quvvatlab kelgan. Ipoteka-bank Xalqaro moliya korporatsiasi (XMK) bilan birgalikda horijiy korporativ boshqaruvni joriy qilgan[4]. Bank nufuzli institutsional investorlardan kapital jalb qilish bo'yicha tajribaga ega va davlat tomonidan strategik investorga xususiylashtirilishi rejalashtirilgan[5][6].

Bank tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi[7].

1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi[8].

2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.[9].

2007: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi[10].

Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi[11].

2017-18-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi[12].

2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi[13].

2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi[14].

2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi[13].

Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi[15].

2021-yil Sentabrda, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi[3].

Bank menedjmenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankda Aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va Boshqaruvni o'z ichiga olgan korporativ boshqaruv tizimi mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi tarkibida to'rtta xalqaro bank va moliyaviy tajribaga ega mustaqil a'zolar mavjud.

Bank Kuzatuv kengashi raisi – xalqaro bank sohasida munosib tajribaga ega mustaqil a’zo Aleksandr Piker hisoblanadi[16].

“Ipoteka-bank” Boshqaruvi raisi lavozimiga bank sohasida katta tajribaga ega Elyor Inomjonov 2021-yil 12-Fevralda tayinlangan[17].

Bank biznesi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ipoteka-bankning biznes tuzilmasi biznesning uchta yo'nalishi: korporativ, kichik va chakana biznes yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan.

Bankning asosiy faoliyatiga kreditlash, chakana xizmatlar, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, chet el valyutalari bilan operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish kabilar kiradi.

Ipoteka-bank, XMK bilan uch yillik transformatsiya davomida, yangi biznes modelini yaratdi va an'anaviy kommunikatsiyalarni mijozlarga yo'naltirilgan innovatsion tizim bilan almashtirdi[18].

Bank reytinglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ipoteka-bank uchta yirik reyting agentliklarining quyidagi uzoq muddatli reytinglariga ega:

Fitch Ratings reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[19],

Moody’s reyting agentligining "B1" darajadagi istiqboli Ijobiy reytingi[20],

S&P Global reyting agentligining "BB‑" darajadagi istiqboli Barqaror reytingi[21].

Bank aksiyadorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aksiyadorlarning Ipoteka-bank ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha:

Aksiyadorlarning nomi (toifasi) Ustav kapitalidagi ulush, %
1 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 93,68%
2 "O'zbekneftgaz" AJ 2,54%
3 Boshqa yuridik shaxslar (aksiyadorlar soni 4 734 ta) 3,33%
4 Jismoniy shaxslar (aksiyadorlar soni 11 601) 0,46%
Ustav kapitali (aktsiyadorlarning umumiy soni - 16 337) 2 992 204 021 938

Ipoteka-bankning asosiy aksiyadori Oʻzbekiston hukumati tomonidan boshqariladigan Moliya vazirligi boʻlib, bankning ovoz beruvchi aksiyalarining 93,7 foiz ulushiga egalik qiladi. Bankning qolgan aksiyalari yuridik va jismoniy shaxs investorlar orasida taqsimlangan.

Bank sho'ba korxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-yanvar holatiga “Ipoteka-bank” ishtirok etgan shoʻba korxona va jamiyatlardagi ulushi quyidagicha:

Korxona nomi Korxonadagi ulushi Tashkil topgan sanasi Faoliyat doirasi Davlat
Bankning sho’ba korxonalardagi bevosita ulushi:
Ipoteka Lizing MCHJ 100% 2017 Lizing O'zbekiston
Imkon-sug'urta MCHJ 100% 2019 Sug'urta O'zbekiston
Bankning jamiyatlardagi ulushi:
Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki v Uzbekistane AJ 20% 2020 Investitsiya O'zbekiston

Bank mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Central Asia Employer Brand Award 2019 – uchta nominatsiya g'olibi: “Yahshi ishlar”, “Ish beruvchi imidji” and “Yil yutug'i”[22].
  • National News Agency Awards 2019 – nominatsiya g'olibi: “Odamlarning turmush darajasini yaxshilashga yordam beruvchi Eng yaxshi bank”[23]
  • Central Asia Employer Brand Award 2020 - nominatsiya g'olibi: “Samaradorlikka turtki”[24]

Rasmiy ilovasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi - Ipoteka Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[25]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. „Bank tizimining taqqoslama koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ma’lumot“.
  2. O’zbekiston Banklar assotsiatsiyasi. „Banklar reytingi“.
  3. 3,0 3,1 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi. „ОТП Банк намерен приобрести контрольный пакет акций узбекского «Ипотека-банка»“ (ru).
  4. uza.uz. „Мижозлар манфаат – энг олий мақсад“.
  5. finance.uz. „Ipoteka-bank banklar orasida birinchi boʼlib obligatsiyalarni milliy valyutada xalqaro kapital bozoriga chiqarishga muvaffaq boʼldi“.
  6. gazeta.uz. „Венгриянинг ОТP банки «Ипотека-банк»ни хусусийлаштиришда иштирок этади“.
  7. lex.uz. „Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 31.01.1996-yildagi PF-1366-son“.
  8. lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Farmoni, 24.03.1997-yildagi PF-1739-son“ (uz).
  9. lex.uz. „O'zbekiston Prezidentining Qarori, 16.02.2005-yildagi PQ-10-son“.
  10. cbu.uz. „"Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki“.
  11. „Moody's - credit ratings, research, tools and analysis for the global capital markets“ (en). www.moodys.com. Qaraldi: 8-yanvar 2022-yil.
  12. „«Ипотека-банк» разработал программу трансформации“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 8-yanvar 2022-yil.
  13. 13,0 13,1 review.uz. „IFC ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda“.
  14. review.uz. „ipoteka-bank xalqaro obligasiyalarini yirik xorijiy investorlarga sotdi“.
  15. bank.uz. „Ipoteka-bank Oʻzbekiston banklari orasida birinchilardan boʻlib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada yevroobligasiya chiqarishga muvaffaq boʻldi“.
  16. „Alexander Picker - Chairman of the Supervisory Board“ (en-US). Pendl & Piswanger. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  17. bank.uz. „Inomjonov Elyor Isroilovich bankning boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi.“.
  18. uzreport.news. „«Ипотека-банк» будет трансформирован и приватизирован с участием МФК“.
  19. fitchratings.com. „Fitch Affirms Ipoteka-Bank at 'BB-'; Outlook Stable“.
  20. deposit.uz. „Moodyʻs Oʻzbekistondagi 14 bankning reytingini koʻrib chiqdi“.
  21. review.uz. „Агентство S&P сделало прогноз по развитию банковского сектора Узбекистана“.
  22. kun.uz. „АКИБ «Ипотека-банк» признан самым лучшим в центральной Азии в трех номинациях в области HR – Central Asia Employer Brand Award 2019“.
  23. uza.uz „Итоговый список победителей конкурса "Выбор года-2019"“ (ru). Uza.uz (17-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  24. bank.uz. „Ипотека-банк HR соҳасидаги ютуқлари учун нуфузли халқаро мукофот совриндори бўлди“.
  25. https://depozit.uz/partners/banks/ipoteka-bank