Ipakchi koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ipakchi koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uzunligi 1 km
Kim sharafiga nomlangan Ipakchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti

Ipakchi koʻchasi — Shayxontohur tumanidagi shu nomli mahalla hududida joylashgan. Kichik halqa yoʻli va Alp Jamol-2 koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.

XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Yoʻnalishida Ipakchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti va atrofida tajriba uchun ekilgan tutzor boʻlgani uchun shu nom bilan atalgan. Koʻcha yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, mahalla guzari, toʻyxona, oilaviy poliklinika, tez yordam xizmati, savdo shoxobchalari, bogʻcha va bekatlar joylashgan. Shahar markazini Jarariq va Ibn Sino mavzelari bilan bogʻlaydi. Koʻchada taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilgan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.