Iosif Serdyukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iosif Ilich Serdyukov (1906. 10.10, Belgorod viloyati Veydelvka tumani — 1973, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkentdagi mevani qayta ishlash zavodida ishlagan. 1942 yildan 99-alohida sapyorlar batalonining sapyori. 1943 yil 15 oktabrda Dnepr daryosini kechib oʻtayotganda birinchi boʻlib oʻng sohilga chiqqan; 16 oktabrga oʻtar kechasi daryoni 7 marta kechib oʻtgan. 1943 yil 30 oktabrda Qahramon unvoni berilgan. 1946 yildan Toshkentda yashagan, maʼmuriyxoʻjalik lavozimlarida ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil