Iosif Samuilo vich Kansepolskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kansepolskiy Iosif Samuilo vich (1903.10.10, Zelva qishlogʻi, Belorussiya — 1976.2.10, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968). Kime fanlari doktori (1960), professor (1967). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1943—75). Ilmiy ishlari mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida portlandsementning yangi turlarini olish va sanoatda qoʻllashga oid. Kizil qiyaning tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larini portlandsementga gidravlik qoʻshimcha sifatida ishlatib, gliyej — portlandsement sintez qilgan. 1940 yilda bu sement Quvasoyda, 1948 yildan esa Oʻzbekistonning barcha sement zavodlarida ishlab chiqarila boshlagan. Uning rahbarligida sement korroziyasi va unga qarshi kurash choralarini izlashga doyr fundamental tadqiqotlar oʻtkazilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil