Iosif Kansepolskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iosif Samuilovich Kansepolskiy (1903.10.10, Zelva qishlogʻi, Belorussiya — 1976.2.10, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968). Kime fanlari doktori (1960), professor (1967). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1943—75). Ilmiy ishlari mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida portlandsementning yangi turlarini olish va sanoatda qoʻllashga oid. Kizil qiyaning tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larini portlandsementga gidravlik qoʻshimcha sifatida ishlatib, gliyej — portlandsement sintez qilgan. 1940-yilda bu sement Quvasoyda, 1948-yildan esa Oʻzbekistonning barcha sement zavodlarida ishlab chiqarila boshlagan. Uning rahbarligida sement korroziyasi va unga qarshi kurash choralarini izlashga doyr fundamental tadqiqotlar oʻtkazilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]