Ioni orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ioni orollariIoni dengizidagi bir tuda orol. Bolqon ya. o. ning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida, Gretsiyaga qarashli. Bir necha yirik (Kerkira, Lefkas, Kefaliniya, Zakinf) va koʻpgina mayda orollardan iborat. Mayd. 23 ming km2. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Orollarning yer yuzasi togʻli (eng baland joyi 1628 m), ohak-tosh va gilli slanetslardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, qulay buxtalar bor. Togʻ oldilari va sohildagi pasttekisliklarning tuprogʻi unumdor; bu yerlarda zaytun, tok, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi. Togʻ yon bagʻirlarida koʻproq makvis oʻsadi, ayrim joylarda dub oʻrmonlari saklangan. Aholisi qoʻychilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi, vodiylar sitrus plantatsiyalari, tokzorlar bilan band. I. o. da Kerkira, Argostolion, Zakintas sh.lari, dengiz boʻyi iqlim kurortlari bor. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil