Interstellar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Interstellar
Interstellar

Film posteri
Rejissyor(lar) Christopher Nolan
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Hans Zimmer
Kinematografiya Hoyte van Hoytema
Muharrir(lar) Lee Smith
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi 26-oktabr, 2014
Davomiyligi 169 daqiqa[1][2]
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSh
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Byudjeti $165 million[3]
Daromadi $701,8 million[4]

Interstellar — 2014-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan va Christopher Nolan ishlagan epik va ilmiy fantastik janrdagi AQSh filmi. Rollarini Matthew McConaughey, Anne Hathaway, Jessica Chastain va Michael Caine ijro etishgan. Bu film yashash uchun yangi sayyora izlab qurt teshigidan uchib oʻtuvchi fazogirlar haqida hikoya qiladi. Ssenariy Jonathan Nolan va uning akasi Christopher Nolan tomonidan yozilgan; Christopher ukasi Paramount Pictures va produser Lynda Obst uchun 2007-yilda yozgan ssenariyga oʻz fikrlarini qoʻshib, filmga Obst va xotini Emma Thomas bilan birgalikda produserlik qildi. Ishlari filmni ruhlantirgan nazariyotchi fizik Kip Thorne ilmiy maslahatchi va ijroiy produser boʻldi.

Nolanʼning ayrim avvalgi filmlarini tarqatgan Warner Bros. Paramount bilan Interstellar filmidan moliyaviy ulush uchun kelishdi. Warner Bros. bilan oldin hamkorlik qilgan Legendary Pictures ham ulush soʻrab qoʻshildi. Uch kompaniya filmni moliyalashtirib, ishlab chiqarish uchun Syncopy Inc. va Lynda Obst Productions kompaniyalari qoʻshildi. Rejissor operatorlikka Hoyte van Hoytema'ni oldi, chunki Nolanʼga uzoq vaqt hamkorlik qilgan Wally Pfister Transcendence filmini ishlash bilan band edi. Interstellar anaformik 35 mm va IMAX 70 mm tasmalarda suratga tushirildi. Suratga olish 2013-yil oxirgi choragida Kanadaning Alberta provinsiyasida, janubiy Islandiyada va Los Angeles, Kaliforniyada olib borildi. Vizual effektlar Double Negative kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Interstellar premyerasi 2014-yil 26-oktabrda Los Angelesda boʻlib oʻtdi. Biroq ommaviy namoyish 2014-yil 5-noyabridangina boshlandi. Filmni Shimoliy Amerikada Paramount Pictures, boshqa joylarda esa Warner Bros. tarqatdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Interstellar: Presented in Film“. fandango.com. Fandango. Qaraldi: 8-oktabr 2014-yil.
  2. Interstellar (12A)“. British Board of Film Classification (20-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2014-yil.
  3. Siegel, Tatiana; Galloway, Stephen (14–avgust 2013–yil). „Legendary Scores Christopher Nolan's 'Interstellar' in Warner Bros. Divorce“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: 1–oktabr 2014–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Interstellar (2014)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 14-noyabr 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]