Inshaalloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inshaalloh (/ɪnˈʃɑːlə/ ; arabcha: إِنْ شَاءَ ٱللَّٰهُ), shuningdek, In shaa Allah, Insha Alloh, Insha Alloh va In sha Alloh shakllari ham mavjud boʻlib, arab tilidagi ibora hisoblanadi. U „Xudo xohlasa“ yoki „Xudo istasa“ degan maʼnoni bildiradi[1]. Mazkur jumla Qur’onda tilga olingan boʻlib, kelajakdagi voqealar haqida gapirganda undan foydalanish kerakligi xususida aytiladi[2]. Islomiy kontekstda Alloh xohlamasa, hech narsa sodir boʻlmaydi va uning irodasi barcha inson irodasidan ustun turadi, degan ishonchni ifodalaydi[3]. Ammo, bu ibora odatda musulmonlar, arab nasroniylari va boshqa dinlarga mansub arab tilida soʻzlashuvchilar tomonidan kelajakda sodir boʻlishiga umid qiladigan voqealarga ishora qilish uchun ishlatiladi va oʻzbekcha „umid qilaman“ soʻzi bilan bir xil maʼnoga ega[3][4].

Bu ibora istehzoli kontekstga ega boʻlib, biror narsa hech qachon sodir boʻlmasligini va Xudoning qoʻliga topshirilishini anglatadi yoki takliflarni rad etishning yumshoq usuli sifatida qoʻllanilishi ham mumkin[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Islom dinida ishlatiladigan iboralar
    • Alhamdulilloh – „Allohga hamdlar boʻlsin“
    • Zikr – Allohni zikr qilish
      • Tasbih – zikr qilish shakli
      • Tahlil – zikr qilish shakli
    • Mashalloh – „Xudo xohladi“
    • Kalimai shahodat – Islomiy eʼtiqod bayonoti
    • Takbir – arabcha ibora „Allohu ʾAllāhu ʾakbaru“ maʼnosini bildiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Clift, Rebecca; Helani, Fadi (June 2010). "In Sha'Allah: Religious invocations in Arabic topic transition". Language in Society 39 (3): 357–382. doi:10.1017/S0047404510000199. http://journals.cambridge.org/action/displayAbstract?fromPage=online&aid=7732876. 
  2. Abdur Rashid Siddiqui. Qur'anic Keywords: A Reference Guide. Kube Publishing Ltd., 2015-12-10. ISBN 9780860376767. 
  3. 3,0 3,1 John L. Esposito, ed (2014). "In Sha Allah". The Oxford Dictionary of Islam. Oxford: Oxford University Press. doi:10.1093/acref/9780195125580.001.0001. ISBN 9780195125580. https://archive.org/details/oxforddictionary00bada. 
  4. Anthony Shadid. „Allah – The Word“. The New York Times (2010-yil 11-yanvar).
  5. Ismail. „The One-Word Mystery of the Presidential Debate That Roused Muslims (and Right-Wing Bloggers)“ (en). Slate Magazine (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.