Ingliz tili grammatikasi (Rustamov, Asiryans)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ingliz tili grammatikasi
Muallif Muhibbek Rustamov
Margarita Asiryans
Janr grammatika
Til oʻzbek
Nashriyot Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi nashriyoti
Nashr etilgan 2006
Sahifalar soni 111

„Ingliz tili grammatikasi“Muhibbek Rustamov hamda Margarita Asiryans qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. 2006-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi buyurtmasi bilan tayyorlangan va akademiyaning ingliz tilini oʻrganayotgan talabalariga moʻljallangan boʻlsa-da, undan ingliz tilini oʻrganayotgan barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin.

Qoʻllanmada ingliz tili grammatikasi qisqacha tushuntirish matnlari va jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Xususan, kitobda ingliz tilining sodda grammatikasi doirasida ot, olmosh, son, sifat, feʼl, sifatdosh, modal fe’l, bogʻlovchi va old koʻmakchilar (predloglar) hamda gapdagi soʻz tartibi kabi mavzular yoritilgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Abduazizov, A. Rahmonov – taqrizchilar, B. Yarov, A. Kurganov – muharrirlar, S. Yashina – texnik muharrir. Kitob adadi – 100 nusxa.

Havolalar[tahrir]