Infraqizil astronomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Infraqizil astronomiya — toʻlqin uzunlikning 0,0008 dan to 1 mm gacha boʻlgan oraligʻida Koinot jismlarini oʻrganuvchi fan. Spektrning ushbu sohasida temperaturasi taxminan 3 K — 2500 K oraliqqa toʻgʻri kelgan turli sovuq obʼyektlarning issiklik nurlanishi, xususan, "chaqaloq" protoyulduzlar, gazchang bulutlari, yulduzlararo fazo muhiti, sayyoralar va Quyosh sistema-sining mayda jismlari nurlanishi tadqiq qilinadi. Galaktikamizda in-fraqizil nurlanish mexanizmi, asosan, chang moddasi bilan bogʻliq. Masalan, Galaktikamiz yadro qismidan toʻxtovsiz ajralib chiqayotgan nur oqimi atrofdagi chang muhitda 1012 martagacha kamayishi sababli, u optik nurlar sohasida kuzatilmaydi va I. a. usullari yordamida oʻrganiladi. Xuddi shuningdek, yulduzlarning tugʻilish soqalari tuzilishi ham I. a. ning eng asosiy obʼyektlaridan hisoblanadi. Infraqizil oraliqning juda kengligi tufayli oraliq qator qismlarga boʻlib yuborilgan va masalaning qoʻyilishiga qarab unga mos kelgan sezgir qabul qilgich yaratildi. Xususan, yaqin infraqizil soha 0,0008 — 0,005 mm, oʻrta qism 0,005 — 0,035 mm va h. k., eng uzoq soha esa ~ 1 mm toʻlqin uzunlik oraliklariga shartli ravishda boʻlinib, har biriga mos ravishda ilmiy kuzatuv asboblari yaratilgan. Bugungi kunda kosmik fazoga turli infraqizil rasadxonalar uchirilib, yaqin va uzoq kosmos chuqur oʻrganilmoqda. Yer sirtida ham turli infra-qizil teleskoplar faol ishlamoqda. Maye., Gavayi orollarining 4200 metr balandlikdagi Mauna-Kea nomli soʻngan vulqoni oʻrnida toʻrtta (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Gavayi universiteti) infraqizil teleskoplari oʻrnatilgan. Bu teleskoplar oynasining diametri juda katta (2,3— 3,8 metr oraligʻida) boʻlib, noyob va qimmatli ilmiy loyihalar yaratishda qoʻl keladi.

Saloxitdin Nuriddinov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil