Informatsiya tarmogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Informatsiya tarmogʻi - informatsiya (axborot) ni ishlab (oʻrganib) chiqishning oʻzaro hamkorlashuvchi va maʼlumotlarni uzatish kanallari orqali bogʻlanuvchi avtomatik ti-zimlar majmui. Mahalliy (lokal) va hududiy (territorial) turlari bor. Mahalliy I. t. korxona, tashkilot va xoʻjalik mikyosida ish yuritadi. Mu-ayyan korxona (tashkilot, xoʻjalik) boʻlimlari (sexlari, omborxonalari, brigadalari va b.) orasidagi informatsiya almashinuv jarayonlari, asosan, EHM, kompyuterlar tizimi (eskicha uslubda ishlaydigan joylarda radio, telefon aloqa) orqali amalga oshiriladi. Hududiy I. t. mintaqalar, mamlakatlar va xududlarni qam-rab oladi. Bunday I. t. keng koʻlamli boʻlib, mintaqa (mamlakat, hudud) lararo informatsiya (axborot) alma-shinuvi, asosan, internet tizimi (sunʼiy yuldoshlar, telegraf, teletayp, telefaks va b.) orqali amalga oshiriladi (yana q. Informatika, Informatsiya nazariyasi) [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil