Infoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Infoq (arab. nafaqa berish) - Shariatda nafaqa berish ikki turga bo‘linadi, birinchisi vojib-majburiy bo‘lgan nafaqa. Bunda kishi o‘zining qaramog‘ida bo‘lgan insonlarga nafaqa berishi, masalan, xotini, balog'atga yetmagan bolalari va balog‘atga yetgan qizlari, onasi, buvisi hamda ishlashga qodir bo‘lmay qolgan ota va bobolariga nafaqa berishi vojib bo‘ladi. Ikkinchisi ixtiyoriy bo‘lib, u savob umidida nafaqasi vojib bo‘lmagan qarindoshlariga va begona kishilarga nafaqa qilishi. Nafaqa berish kifoya qiladigan miqdorda bo‘ladi. Vojib bo‘lgan nafaqa haqida Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflardan dalillar mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 223.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.