Induksiya (mantiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Induksiya – ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni kuzatish orqali, shu kuzatishlarga tayangan holda ishlab chiqarilgan umumiy xulosa chiqarish. Bu usul bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi obyekt yoki jarayonlar yaxshilab kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq asosiy o’ringa ega emas, tajriba birlamchi ro’lga ega. Faktlardan qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab o’rnaklardan yagona umumiy xulosaga qarab boriladi. Xususiy holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa ishlab chiqiladi.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Induksiya (lotincha:inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qoʻllaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar bilan uzviy aloqada boʻladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni oʻrganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi maktabida boshlangan. I. masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-asrlarda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida eʼtibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega.

I. toʻliq, toʻliq boʻlmagan va ilmiy xulosa chiqarishga boʻlinadi. Toʻliq induktiv xulosa chiqarish biror narsani sinchiklab oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Toʻliq I. doimo toʻliq boʻlmagan I. bilan bogʻliq. Toʻliq boʻlmagan I. da aniq faktlar asosida noaniq faktlar keltirib chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I. ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I. asosida narsalarning sababiy bogʻlanishini tekshirish uslubi yotadi. Mas, oʻsimliklarning ayrim koʻrinishlarini oʻrganish asosida biz suv ular uchun asosiy hayot manbai, degan xulosaga ke-lamiz, chunki hamma oʻsimliklarga namlik kerak.

Har qanday induktiv xulosa chiqarish asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun obyektiv haqiqatni bilishda I. doim deduksiya bilan mustahkam aloqada boʻladi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil