Impulslar generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Impulslar generatori - kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g . bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. I. g .da tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. I. g . radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllaniladi.[1]BLOKING-GENERATORLAR

9.1. Bloking-generatorlar haqida umumiy ma’lumotlar

Bloking-generator, transformatorli musbat teskari aloqa-

li relaksatsion generator bo‘lib, katta quvvatli, qisqa impulslar-

ni to‘g‘ri burchakli ko‘rinishdagi va amplitudasi Eman amalda

bo‘ladi. Chiqish kuchlanishini katta qiymatlarini olish uchun

transformatorda qo‘shimcha chulg‘amdan foydalaniladi. Gene-

ratsiyalanuvchi impuls kengligi 1–10 mks va kichik bo‘lib, impuls

chuqurligi Q o‘nlab-yuzlab bo‘ladi.

Bloking-generator, boshqa turdagi relaksatsion generatorlar,

kabi uch xil rejimda ishlaydi:

– avtotebratgichli;

– kutuvchi;

– sinxronizatsiyalash rejimi.

Bloking-generatorlar impuls generatori quvvati qisqa im

pulslarni shakllantirishda va elementlarni taqqoslash qurilmalari

da qo‘llaniladi.

9.2. Avtotebratgichli bloking-generator

9.1-rasmda avtotebratgichli bloking-generator sxemasi keltiril-

gan. U musbat teskari aloqali impulsli transformatorli kuchay-

tirgich bo‘lib, birlamchi w1 chulg‘am VT1 tranzistorini kollektor

zanjiriga, ikkilamchi (w2) chulg‘ami esa VT1 tranzistorining baza

zanjiriga ulangan. Chiqish kuchlanishini oshirish maqsadida w3

uchinchi chulg‘am qo‘llanilgan.

Generatorda faza balansini ta’minlash maqsadida birlamchi va

ikkilamchi chulg‘amlari qarama-qarshi ulangan.

VT1 tranzistorining o‘zgarmas tok bo‘yicha rejimini R re-

zistori, baza tokini aniqlovchi aniqlaydi. Vaqt belgilovchi RC

zanjiri bloking-generatorni pauza vaqti (tn)ni aniqlaydi. Impuls

chuqurligi Qq10…100 bo‘lganidan impuls (t

u) vaqti o‘nlab-yuzlab

marotaba pauza vaqtidan kichik. Demak, vaqt doimiysi RC zan-

jirni (τp= R•C) amalda tebranish davrini aniqlaydi. Pauza vaqti

quyidagi formuladan hisoblanadi:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil