Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Imomxoʻjayev Ortiqxoʻjadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev (1905.20.6, hozirgi Andijon tumani — 1996.29.11, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hrfizi (1949). Ovozi (yuqori bariton) mayin. Ilgarigi Oltinkoʻl tumanida -k-zchi, brigada boshligʻi (1929—41). Katta Fargʻona kanali qurilishida ishtirok etgan. M. Uygʻur nomidagi Yangiyoʻl musiqali drama teatrida (1941—45) xonanda va aktyor. Jarchi, Munajjim ("Tohir va Zuhra"), Jaloyir ("Muqanna") va b. rollarni oʻynagan. Muqimiy teatrida (1946—47), Oʻzteleradioqoʻmitasi ashulachilar ansamblida (1946— 60), makom ansamblida (1960—66) xonanda. Repertuaridan Hoji Abdulaziz Abdurasulovning "Samarkand ushshogi", "Guluzorim", Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz)ning "Feruz", F. Toshmatovning "Istadim", K. Jabborovning "Vatan",S. Kalonovning "Kelding" hamda mumtoz Fargʻona — Toshkent ashula yoʻllaridagi "Chorgoh", "Bayet — I", "Topmadim", "Oʻrtama", "Soyayi", "Ey, nasimiy" kabi asarlar, O. Alimahsumov bilan hamnafaslikda "Sarafroz etgani keldik", "Boramiz" singari katta ashulalar oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil