Abduvali Imomaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Imomaliyev Abduvalidan yoʻnaltirildi)

Abduvali Imomaliyev (1931.5.12, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishlogʻi — 1993.12.4, Toshkent) — biolog olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi (1991), VASXnil (1978), Ukraina, Belarus Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi (1992) akademik, biol. fanlari doktori (1967), professor (1968). Toshkent Davlat Universitetning b iol.tu pro qshunoslik fakultetini tu-gatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi institutida ilmiy xodim (1958—59), Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida laboratoriya mudiri (1960 y.dan; 1964—68 yillarda direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti rektori (1968-75), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimida akademikkotib (1975—76), boʻlim Prezidiumi raisi (1990—91). SoyuzNIXI direktori (1976-83), "Soyuzxlopok" IIB bosh direktori (1983—86), "Biolog" IIB laboratoriya mudiri, bosh direktori (1987—1990). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi Prezidenta (1991-1993).

Ilmiy ishlari oʻsimliklar defoliatsiyasi va desikatsiyasi, oʻsimliklarda meva shakllanishi va toʻkilishi fiziologiyasi, gʻoʻzada hosil toʻplanishi, oziqlanish jarayonlari, paxta tolasi sifatini oshirish, paxtachilikda defoliantlar, desikantlar, gerbitsidlar, oʻsishni boshqaradigan kimyoviy moddalarni qoʻllash va nazariy asoslash masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning paxtachilikda erishgan ilmiy va xoʻjalik yutuqlarini koʻpgina xorijiy mamlakatlarda takdim etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Defolianti i ix fiziologicheskoye deystviye na xlopchatnik, T., 1969; Biologicheskiye osnovi regulirovaniya plodoobrazo-vaniye xlopchatnika, T., 1974.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abduvali Imamaliyevich Imamaliyev. Materiali k bibliografii uchenix Oʻzbekistana, T., 2001.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil