Imomquli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Imom Qulidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
nothumb
Buxoro hukmdorlari
1428 — 1468 Abdulxayr
1501 — 1510 Muhammad Shayboniy
1510 — 1530 Koʻchkunchi
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1539 Ubaydulla I
1539 — 1540 Abdulla I
1540 — 1552 Abdullatif
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1556 — 1583 Pirmuhammad
1583 — 1598 Abdulla II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nodirmuhammad
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydulla II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy Otaliq
1785 — 1800 Shohmurod
1800 — 1826 Haydar
1826 — 1826 Husayn
1826 — 1827 Umar
1827 — 1861 Nasrulla
1861 — 1885 Muzaffaruddin
1885 — 1911 Said Abdulahad
1911 — 1919 Said Olim

Imomqulixon Ibn Dinmuhammadxon (1589—1650) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulola-sini boshqargan Buxoro xonligi xukmdori (1611—42). Vali Muhammadxon Erondan olib kelgan qoʻshinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eroniylarni tor-mor keltirgan. Sungra 1611 yil Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni boʻysundirgan. I. 1612 yil Toshkentni egallab oʻgʻli Iskan-darni hokim etib tayinlagan, ammo, shahar aholisi uning nojoʻya xattiharakatlaridan norozi boʻlib isyon koʻtarib Iskandarni oʻldirgan. Bundan gʻazablangan I. Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qoʻshin yigʻib kelib, Toshkent aholisini qirgʻin qilgan (qarang Toshkent qirgʻini). Buxoro xonligida ichki nizolar juda kuchli boʻlgan. Toshkent, Balx, Samarqand viloyatlari ochiqdanochiq markaziy hokimiyatga qarshi siyosat yurgizishardi. I. bu kurashlarga barham bergan. I. darvishlarni qoʻllabquvvatlagan, atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan or-tiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. Rossiyaning josus elchisi I. D. Xoxlov 1620—22 yillarda Buxoroda boʻlgan. I. koʻr boʻlib qolgach, taxtni ukasi Nadr (Nodir) Muhammadga topshirgan (1642). Oʻzi hajga ketib, oʻsha yerda vafot etgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Muhammad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nodir Muhammad 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subxonqulixon 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756