Immun status

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Immun status, immun holat — immun sistemasining hujayraviy va gumoral omillarini klinik va laborator-immunologik usullar yordamida aniqlangan miqdoriy koʻrsatkichlari. Immunologik koʻrsatkichlar kishilarning yoshiga, yashayotgan geografik muhitiga, ekologik vaziyat va epide-miologik holatga qarab oʻzgaradi. I. s. ni aniqlash nafaqat odamning hozirgi holatini baholash, balki ekologik va xavfli antropogen (fizik, kimyoviy va biologik) omillar taʼsirida uning kelajakdagi sogʻligʻini oldindan aytib berish imkonini beradi. Bundan tashkari, odam I. s. ni baholash orqali immuntanqislik holatlariga yuqori moyilligi boʻlgan kishilarning xavfli guruhini tuzish hamda uning asosida immuntiklash va immunprofilaktika usullarini ishlab chiqish mumkin boʻladi.

Zamonaviy tibbiy immunologiyada I. s. ni baxrlovchi usullar mavjud. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asoslanib, akad. R. V. Petrov tomonidan 1984 y. "Odam immun statusini baholash" uslubiy qoʻllanmasi ishlab chiqilgan, unga asosan baholash usullari ikki darajaga boʻlinadi. Bi-rinchi daraja usullarida immun xrlatda oʻzgarish bor yoki yoʻkligi 1—2 kun ichida taxminan baholanadi. Agar bunda oʻzgarishlar topilsa, immun sistemadagi nuqsonni chuqur va toʻliq aniqlash uchun ikkinchi daraja usullari qoʻyiladi. Bu tekshirishlar natijasi 5—6 kunda bilinadi.

R. V. Petrov hamkasblari bilan MDH davlatlarida yashaydigan sogʻlom aholi maʼlum bir qismining immun sistema koʻrsatkichlarini oʻrganib, har xil xududlar aholisi uchun I. s.ning bir necha turini belgiladi.

Oʻzbekiston aholisining I.s.i Oʻzbekiston FA Immunologiya instituti xodimlari tomonidan oʻrganiladi. Dastlabki natijalarga koʻra, respublikaning har xil viloyatlari aholisida gumoral immunitet supressiyasi bor, hujayraviy immunitet koʻrsatkichlari meʼyorida yoki qisman pasaygan; gumoral boʻgʻim faollashgan. I. s. hamda uning aralash turi kuzatiladi (bunda hujayraviy boʻgʻim supressiyasi va gumoral boʻgʻimning maʼlum bir koʻrsat-kichlari oshadi). Bu holatlarni shu geo-grafik-iqlim hududida yashovchi xalq immun sistemasining tabiiy sharoitga moslashuvi sifatida qabul qilish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil