Imago

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imago (lot. imago — koʻri-nish) — hasharotlar individual rivojlanishidagi soʻnggi (definitiv) bosqich, voyaga yetgan hasharot. Qanotlarining toʻliq rivojlanganligi va qornining key-ingi qismida jinsiy oʻsimtalarning boʻlishi I. ning asosiy belgisi hisoblanadi. I. davrida hasharotlar tarqaladi va koʻpayadi. Hasharotlarning oʻsishi va pust tashlashi tugallanadi. Bir qancha hasharotlar I. si oziqlanmaydi yoki oziklanishi cheklangan boʻladi. Koʻpchilik hasharotlar I. davrida harakatchan boʻladi. I. davri bir necha soat yoki kundan (kunliklar, ayrim tangaqanotlilar, yelpigʻichqanotlilar erkaklari) bir necha oy yoki yilgacha davom etadi. Ona asalari I. si 3— 5 yil, ayrim qora tanli qoʻngʻizlar I. si 15 yilgacha hayot kechiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil