Im Soo-jung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Im Soo-jung
Tavalludi 11-iyul 1979-yil (1979-07-11) (44 yosh)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2001-hozirgacha

Im Soo-jung (1979-yil 11-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa. Im jurnallarda model sifatida suratga tushganidan soʻng, Kim Ji Vunning „A Tale of Two Sisters“ (2003) dahshatli filmida, keyin esa „I’m Sorry, I Love You“ (2004) televideniye dramasida oʻzining aktyorlik yutugʻini qoʻlga kiritgan. O‘shandan buyon u ko‘plab filmlarda suratga tushgan, xususan, rejissyor Park Chan-wookning „I’m a Cyborg, But Thatʼs OK“ (2006), Xur Jin Xoning „Happiness“ (2007), Li Yun Kining „ Come Rain, Come Shine“ (2011) filmlarida rol ijro etgan. Im Min Kyu-donning „All About My Wife“ filmi uchun „33rd Blue Dragon Film Awards“ mukofotlarida „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasini qo‘lga kiritgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Im Soo-jung 1998-yilda oʻsmirlar jurnallari muqovasida model sifatida suratga tushgan. Keyin aktyorlik sanʼatiga oʻtgan va oʻsmirlar uchun moʻljallangan „School 4“ dramasida debyut qilgan. Bir yil oʻtgach, KBS2 telekanalida efirga uzatiluvchi mashhur drama boʻlgan „I’m Sorry, I Love You“ seriali uni kini yulduziga aylantirgan[2].

Soʻnggi yillarda u koʻproq katta yoshdagi ayollar rolini oʻynash orqali kichkina qizaloq obrazni yoʻqota boshladi[3]. Im katta yoshli obrazlarni ijro etgan filmlari orasida rejissyor Hur Jin-honing „Happiness“ romantik melodramasi[4][5], Choi Dong-hoonning "Jeon Woo-chi: The Taoist Wizard, " blockbusteri kiradi.

Im ilgari SidusHQ agentligining bir qismi boʻlgan, ammo KeyEast kompaniyasi aʼzosiga aylangan. KeyEast oʻzining rasmiy veb-saytini 2012-yil iyun oyida ishga tushirgan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, bu onlayn maydon oʻz muxlislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatlashadigan joydir[6][7].

2015-yilda Im „Perfect Proposal“ filmida rol ijro etgan, film qisman Makaoda suratga olingan Britaniyaning „Woman of Straw“ nomli kriminal trillerining qayta talqini hisoblanadi[8][9].

Imning 2015-yil oktyabr oyida KeyEast bilan shartnomasi tugagan va u yangi boshqaruv agentligi YNK Entertainment bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan[10][11].

Im 2021-yilda aktyor Lee Do-hyun bilan sheriklikda tvN telekanalida efirga uzatiluvchi „Melancholia“ dramasida suratga tushgan[12].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Mnb.
2002 The Romantic President Han Young-hee
2003 A Tale of Two Sisters Bae Su-mi
…ing Kang Min-ah
2005 Sad Movie Ahn Soo-jung [13]
2006 Lump Sugar Kim Shi-eun
I’m a Cyborg, But Thatʼs OK Cha Young-goon
2007 Happiness Eun-hee
2009 Jeon Woo-chi: The Taoist Wizard Seo In-kyung
2010 Finding Mr. Destiny Seo Ji-woo
2011 Come Rain, Come Shine Young-shin
2012 All About My Wife Yeon Jung-in
2015 Perfect Proposal Ji-yeon
2016 Time Renegade Yoon-jung (1983) / So-eun (2015)
2017 The Table Hye-gyeong
2018 Mothers Hyo-jin
2019 Our Cat Hikoyachi

Teleserial[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Telekanal
2001-2002 School 4 Oh Hye-ra KBS2
2004 I’m Sorry, I Love You Song Eun-chae
2017 Chicago Typewriter Jeon Seol tvN
2019 Search: WWW Bae Ta-mi
2021 Melancholia Ji Yoon-soo[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „LIM Soo-jung“. Korean Film Council.
  2. „Kang Dong-won Selected As Top Dream Date“. KBS Global (2005-yil 24-mart).
  3. Lee, Ji-hye (4 March 2011).
  4. Lee, Hyo-won (2 October 2007).
  5. „Lim Soo-jung Grows Up in New Tearjerker“.
  6. Hong, Lucia (12 June 2012).
  7. Sunwoo, Carla (14 June 2012).
  8. Tae. „LIM Soo-jung and YOO Yeon-seok Lead SECRET TEMPTATION Cranks-up“. Korean Film Council (2014-yil 23-iyun).
  9. Jung. „Im Soo-jung is nervous ahead of return to acting“. Korea JoongAng Daily (2015-yil 26-may).
  10. Kim. „임수정 측 "10월 말 키이스트 전속 계약 만료"“. TV Report (2015-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  11. Lee. „임수정, 신생 매니지먼트 YNK엔터테인먼트와 전속계약“. Newsen (2016-yil 24-mart). Qaraldi: 2016-yil 24-mart.
  12. 12,0 12,1 Kim Soo-young. „임수정X이도현, '멜랑꼴리아' 출연 확정…'사제 케미' 예고 [공식“] (ko). Korea Economic Daily. Naver (2021-yil 8-iyul). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  13. „Star-studded 'Sad Movie' not so sad“. The Korea Herald (2010-yil 6-aprel). 2018-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.