Ilyosbey masjidi
| Masjid | |
| Ilyosbey masjidi | |
| Mamlakat | |
| Mamlakat | Aydın viloyati, Didim tumani |
| Shahar | Milet |
| Meʼmoriy uslub | Saljuqiylar meʼmorchiligi |
| Binokorlik sanasi | 1403-yil |
| Qurilish materiallari | tosh, marmar, gʻisht |

Ilyosbey masjidi (turkcha: İlyas Bey Camii) – Turkiyaning gʻarbiy qismidagi Aydın viloyati, Didim tumani, Milet shahridagi tarixiy masjid. 1403-yilda Turk Menteshe amirligi hukmdori Ilyosbey (1402–1421) tomonidan qurilgan[1].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid madrasa, diniy taʼlim muassasasi, hamomdan iborat majmua tarkibiga kiradi. Namoz zali diametri 14 m (46 ft) gumbaz bilan qoplangan, gʻishtdan yasalgan va usti plitka bilan qoplangan. Gʻishtdan qurilgan minora 1955-yilgi zilzila oqibatida qulab tushgan. Ushbu majmua Milet shahrining arxeologik hududida joylashgan boʻlib, uning yonidan Vizantiya davriga xarobalar topilgan.

Ilyosbey masjidida saljuqiylar meʼmorchiligining koʻplab elementlaridan foydalanilgan. Ushbu meʼmorchilik elementlari turk meʼmorlarini ilhomlantirgan[2].
Ilyosbey masjidi Turkiyaning Söke shahridagi eng muhim madaniy maskanlardan biri sifatida tanilgan[3]. Masjid minorasi barokko uslubida bunyod etilgan[4]. Fors madaniyati Ilyosbey masjidining dizayni va qurilishiga, shu jumladan, uning Saljuqiylar uslubida yaratilgan masjid minorasiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan[5].
Masjidning oʻziga xosligi unda yunon, rim, vizantiya, saljuqiy va usmoniylar meʼmorchiligi uslublaridan keng foydalanilganidir. Boshqa masjidlar singari uning gumbazi oltin bilan emas, balki mis bilan qoplangan. Shuningdek, uning devorlari qayta ishlatilgan marmar bloklar bilan qoplangan boʻlib, bu unga yanada nafislik va mustahkamlik bagʻishlagan[6].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjidning ichki qismi
-
Yozuvlari
-
Ustuni
-
Qabr toshi
-
Majmuaning uzoqdan koʻrinishi
-
Yozuvlari
-
Asosiy masjidning tomidan darvozaxonaning koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ archnet.org
- ↑ Çağaptay, Suna. „FRONTIERSCAPE: RECONSIDERING BITHYNIAN STRUCTURES AND THEIR BUILDERS ON THE BYZANTINE-OTTOMAN CUSP.“ Muqarnas Online, vol. 28, no. 1, BRILL, 2011, pp. 157–93, doi:10.1163/22118993-90000177.
- ↑ Kadioglu, Selma, et al. „Ground Penetrating Radar and Microwave Tomography for the Safety Management of a Cultural Heritage Site: Miletos Ilyas Bey Mosque (turkey).“ Journal of Geophysics and Engineering, vol. 10, no. 6, Dec. 2013, p. 11, doi:10.1088/1742-2132/10/6/064007.
- ↑ Goodwin, Godfrey. A History of the Ottoman Architecture. Thames and Hudson, 1971.
- ↑ OKane, Bernard. Studies in Persian Art and Architecture. American University in Cairo Press, 1996.
- ↑ "ILYAS BEY KLLIYESI." ILYAS BEY KLLIYESI, http://www.miletilyasbey.com/#.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Ilyosbey masjidi haqida turkum mavjud |
