Sutpechak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ilonpechakdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sutpechak, ilonpechak (Supapchum acutum L.) — sutpechakdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi chirmashib oʻsadi. Boʻyi 400—300 sm. Barglari yuraksimon, uch burchakli, bandli, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari oq yoki pushti, soyabon toʻpgulga yigʻilgan. Nihollari aprel-mayda o'sadi, iyul-sentyabrda gullab mevalaydi. Urugʻidan hamda ildiz bachki va kurtaklaridan koʻpayadi. Bir tupi 1500 dan koʻproqurugʻ beradi. Urugʻlari kuzda katta masofalarga tarqaladi. Urugʻi 15—35°da koʻkaradi. Ildizi oʻq ildiz, J5—30 sm chuq.da kurtakli va bachki ildizlar hosil qiladi, shulardan yangi novdalar rivojlanadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlar, sernam joylar, sugʻorish shoxobchalari, bogʻlarda oʻsadi. S. gʻoʻza tunlami va boshqa zararkunandalar koʻpayishi uchun makon. Kurash choralari: angʻiz yumshatiladi, yer chuqur shudgor, ekinlar kulvitatsiya, oʻtoq qilinadi. Gʻalla ekinlariga 2,4qD tipidagi gerbitsidlar purkaladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Sutpechak" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil