Ilon oʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ilon o`yindan yoʻnaltirildi)

Ilon oʻyinilonlar bilan tomosha koʻrsatiladigan qad. sirk janri. Hindistonda paydo boʻlgan. Zaharli ilon surnay chalib oʻynatiladi, ogʻzi, qulogʻiga "kiritadi", yelka va qoʻllarida oʻrmalatadi; boʻgʻma ilonni badaniga oʻrab, "bellashadi". Hozir ham Xindiston, Pokiston, Bangladesh, Myanma, Shri Lanka kabi sharq mamlakatlarida surnay chalib zaharli ilon oʻynatiladi. Markaziy Osiyoda ham I.oʻ. qadimdan maʼlum. Arxeologik qazilmalarda Dalvarzintepa (Surxondaryo)dan ilonlar bilan oʻralgan bolaning , Oltintepa (Turkmaniston)dan sochlari oʻrnida ilonlar tasvirlangan maʼbuda hay-kalchalari topilgan. Oʻzbek sirkida G. Mingboyeva, Sh. Rajabova, F. Egamberdiyev, R. Matchonov va b. I. oʻ. koʻrsatishadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil