Ilmiy bashorat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilmiy bashorat - tabiat va jamiyatning ayni paytda nomaʼlum, lekin kelajakda yuzaga kelishi yoki oʻrganilishi mumkin boʻlgan voqea va hodi-salarini, jarayonlarni ilmiy qonu-niyatlar asosida oldindan aytib berish, koʻra olish. I.b. ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi. I.b. voqelik haqida toʻplangan bilim va tajri-balarga, voqelikning oʻzgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardir. Bunda voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy oʻzgarishlar hamda tasodifiy ehtimolliklar hisobga olinadi. Olimlar osmon yoritqichlarining davriy harakatlarini oʻlchash natijasida Quyosh va Oyning tutilish vaqtlarini oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvallarini tuzishgan (mil. av. 585 y. yunon olimi Fales Quyosh tutilishini bashorat qilgan. Ulugʻbek tuzgan yulduzlar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy harakatini aniq aks ettirgan). Tabiatdagi davriy oʻzgarishlarni kuzatish natijasida yil fasllarining almashinishi, shamolning yoʻnalishi va bulutlarning hola-tiga qarab obhavoning oʻzgarishini oldindan ayta olishgan, bunday bilimlar dehqonchilik va chorvachilikda muhim ahamiyat kasb etgan. Bashorat qilishning ayrim elementlari joni-vorlarda ham uchraydi. Qushlar, baʼzi hasharotlar obhavoning oʻzgarishini oldindan payqar ekan.

I.b. oʻz mohiyatiga koʻra, bir qancha turlarga boʻlinadi. Bularga dinamik va statistik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b.larni misol qilib koʻrsatish mumkin. Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan aytib berish dinamik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan I.b. boʻlsa, meteorologik hodisalarni yoki demografik jarayonlarni prognozlash I.b. qilishning 2turiga kiradi. Ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining kelajagini bashorat qilish I.b.ning 3turidir. Ijtimoiy I.b.ni, oʻz navbatida, iqtisodiy, demografik, siyosiy va b. turlarga ajratish mumkin. I.b. voqelikni, uning kelajagini oldindan bilib olishga imkon beradigan murakkab ilmiy bilish shakli hisoblanadi. I.b.ning toʻgʻriligi uni ilgari surishda tayaniladigan bilimlarning puxtaligiga, koʻlamiga, aniqligiga, haqqoniyligiga bogʻliqdir.

I.b. paygʻambarlar va avliyolarning karomatlari, folbinlik yoki astrologik usulda kelajakni bashorat qilishlardan farqlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Predvideniye kak forma nauchnogo poznaniya [sb. statyey], T., 1985.

Baxtiyor Toʻrayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil