Fan-texnika inqilobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ilmiy-texnika inqilobidan yoʻnaltirildi)

Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi — ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat oʻzgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili boʻlishi. 20-asrning oʻrtasida boshlangan. Fan-texnika inqilobii. mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini oʻzgartiradi; mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniymaishiy hayotga, inson psixologiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Xodimlarning maʼlumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masʼuliyatiga katta talablar qoʻyadi.

Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobii.ning ramzi hisoblanib, uning paydo boʻlishi inson funksiyalarini astasekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi. Hozirgi davrda Fan-texnika inqilobii. kuyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chikaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogʻliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sunʼiy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli koʻrilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus taʼlim hamda madaniyat darajasining oʻsishi; fanlararo oʻzaro bogʻliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo boʻlishi va u bilan bogʻliq xrlda jamiyattabiat tizimini ilmiy boshkarishning zarurligi.

Fan-texnika inqilobii. global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (ekologiya, xalqaro terrorizm, demografiya, energiya tanqisligi bilan bogʻliq va boshqalar)ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.