Kontent qismiga oʻtish

Ilmiy-fantastik film

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Forbidden Planet [en]“ (1956) filmi posteri.

Ilmiy-fantastik film — kino janri. Unda fan tomonidan yaxshi oʻrganilmagan, yetarlicha ilmiy asoslanmagan hodisalar (yerdan tashqaridagi hayot shakllari, kosmik apparatlar, robotlar, kiborglar, mutantlar, yulduzlararo sayohat, vaqt boʻylab sayohat va boshqalar) tasvirlanadi. Ilmiy-fantastik filmlarda siyosiy, ijtimoiy, falsafiy sohalardagi muammolar ham aks ettiriladi. „Metropolis [en]“ (1927, rejissyori Fritz Lang) kinofilmi mazkur janrning dastlabki namunalaridan hisoblanadi[1].

  1. "Metropolis (1927)" (Wayback Machine saytida 10 October 2017 sanasida arxivlangan) Science Fiction Film History. Retrieved 15 May 2013. Quote: „Although the first science fiction film is generally agreed to be Georges Méliès' A Trip To The Moon (1902), Metropolis (1926) is the first feature length outing of the genre.“