Ilmen togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilmen togʻlari - Jan. Uraldagi bir guruh tizmalari (RFning Chelyabinsk viloyati). Eng baland joyi 748 m (Ilmentov). Granit, gneys va mu-rakkab hamda turli mineralogik tarkibli juda koʻp pegmatit yertomirlaridan tarkib topgan; bu yertomirlarda ilmenit, apatit, granat, topaz va b. (180 tacha mineral) bor. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, vodiylarda oʻtzor va botqoklar koʻp. I. t. da Ilmen qoʻriqxonasi tashkil etilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil