Illan Meslier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Illan Meslier
Meslier.Lorient klubida.2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Illan Stéphane Meslier
Tavallud sanasi 2000-yil 2-mart
Tavallud joyi Lorient, Fransiya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leeds United
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2009 Merlevenez
2009–2018 Lorient
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2019 Lorient II 17 (0)
2018–2020 Lorient 28 (0)
2019–2020Leeds United (loan) 10 (0)
2020– Leeds United 73 (0)
Milliy terma jamoa
2018 18 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasi 3 (0)
2018 19 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasi 5 (0)
2019 20 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasi 4 (0)
2021– 21 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasi 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 22-may uchun)

Illan Stéphane Meslier (2000-yil 2-martda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Premierliganing “Leeds United” klubi darvozaboni.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Illan Stéphane Meslier[1] 2000-yil 2-martda[2] Lorientda (Brittaniya) tugʻilgan.[3]

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lorient bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meslier 2019-yilda Lorientda o'ynaydi

Illan Stéphane Meslier 6 yoshida o'zining mahalliy klubi Merlevenez bilan futbol o'ynay boshladi va FC Lorientga qarshi muvaffaqiyatli o'yindan so'ng Lorient akademiyasiga qo'shildi.[4] 2018-yilning 1-fevralida u Lorient bilan faoliyatidagi ilk professional shartnomasini imzoladi.[5] 2018-yilning iyul oyida Lorient klubi Liga 1 vakili AS Monaconing Illan Stéphane Meslier uchun 10 million yevrolik taklifini rad etdi.[6][7] Uni Angliya Premer ligasi vakili "Chelsea" ham qiziqish bildirmoqda.[7][8]

Illan Stéphane Meslier Lorientda qoldi va qisqa vaqt ichida, o'sha paytdagi bosh murabbiy Mickaël Landreau qo'l ostida 2018-yil 14-avgustda "Valenciennes" ustidan[9] 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda debyut qildi. U professional sifatidagi dastlabki beshta o'yinida ketma-ket darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va "FC Paris"ga qarshi 6-o'yinda o'zining faoliyatidagi birinchi golini o'tkazib yubordi.[10] U "Clermont" futbolchisi Manuel Perezning "Lorient" qarshi o'yinida (1:0) vaqtidagi penaltini qaytarib qoldi.[11] U 2018-19 yilgi mavsumda klubning 1-raqamli posboni sifatidagi o'rnini mustahkamladi. Barcha musobaqalarda 30 marta maydonga tushdi va 11 marta o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Illan Stéphane Meslier o'yinlari bilan Lorientga, 2018-19-yilgi Liga 2 mavsumida 6-o'rinni egallashiga yordam berdi, ammo RC Lens bilan solishtirganda to'plar farqi tufayli pley-offni o'tkazib yubordi.[12]

Leeds United bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-20-yilgi mavsumda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 8-avgustda Illan Stéphane Meslier Angliya chempionatining “Leeds United” jamoasi tomonidan bir mavsumga ijaraga olindi. “Leeds” Illan Stéphane Meslierni doimiy shartnoma asosida sotib olish imkoniyatiga ega edi.[13][14] U mavsumni Kiko Casilladan keyin ikkinchi darvozabon sifatida boshladi va zaxira o'rindig'idagi ikkinchi darvozabon uchun Kamil Miazek bilan raqobatlashdi. Illan Stéphane Meslier dekabrgacha "Leeds United"ning 23 yoshlilardan iborat jamoasida uchta alohida penaltini qaytarib, penaltini qaytaruvchi mutaxassis darvozabon sifatida obro' qozondi.[15]

2020-yil 4-yanvar kuni bosh murabbiy Marscelo Bielsa Illan Stéphane Meslier 6-yanvar kuni Leedsning Angliya kubogi doirasidagi Angliya Premierliga vakili “Arsenal”ga qarshi oʻyinda debyut qilishini e’lon qildi.[16] Illan Stéphane Meslier o'zining debyutida Premierliga jamoasiga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi va ammo jamoasi 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay u o'yindagi seyvlari uchun maqtovga sazovor bo'ldi.[17] 2020-yil 29-fevralda u “Leeds” safida “Hull City” mehmoni boʻlib, "Hull City" ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.[18]

Illan Stéphane Meslier, klubning asosiy darvozaboni Kiko Casilla sakkiz o'yinga diskvalifikatsiya qilinganidan so'ng mavsumni Leedsdagi birinchi darvozabon sifatida yakunladi.[19] Illan Stéphane Meslier o'zining 10ta o'yinidan 7tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va Leedsning chempion bo'lishiga va Premierligaga ko'tarilishiga yordam berdi.[20][21]

2020-21-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 23-iyulda Illan Stéphane Meslier Premierligaga koʻtarilganidan soʻng 5 million funt sterling evaziga “Leeds”ga transver qilindi[22] va klub bilan Illan Stéphane Meslier uch yillik shartnoma imzoladi.[23] Meslier 2020-21-yilgi Premierligadagi debyutini 2020-yil 12-sentabrda “Liverpul” ga qarshi mavsumning birinchi oʻyinida, “Anfield”(Enfild)da amaldagi chempionga qarshi oʻyinda 3:4 hisobidagi o'yin bilan boshlagan edi.[24][25] 28-sentyabr kuni Illan Stéphane Meslier Yorkshir derbisida Bramall-Laneda Sheffield United ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[26]

2021-yilning 23-fevralida Illan Stéphane Meslier Premierliganing bir mavsumida 11 ta gol oʻtkazib,[27] 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi darvozabonga aylandi.[28]

2021-22 mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 13-avgustida Illan Stéphane Meslier amaldagi shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirilgan holatda yangi shartnoma imzoladi.[29]

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Illan Stéphane Meslier xalqaro miqyosda Fransiya milliy jamoasida o'ynadi. 21 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasining o'yinlarida o'ynadi. Illan Stéphane Meslier shuningdek, 2019-yilgi 20 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan Jahon chempionatida Fransiya jamoasining tarkibida boʻlgan va 2019-yilning may oyida asosiy darvozabon sifatida oʻynagan.[30]

2019-yil noyabr oyida Illan Stéphane Meslier 21 yoshlilar bo'yicha Fransiya terma jamoasiga chaqirildi va 2019-yil 19-noyabrda Shveysariyaga qarshi oʻyinda[31] zaxira oʻyinchisi sifatida qayd etildi. U 2020-yilning avgust oyida Gruziya va Ozarbayjon termalariga qarshi o'yinlar uchun Fransiyaning 21 yoshlilar bo'yicha terma jamoasiga yana chaqirilgan.[32] U 2021-yil 31-may kuni Niderlandiyaga qarshi chorak finalda debyut qildi.[33]

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi ko'rinishi va jismoniy holati tufayli Illan Stéphane Meslierning darvozabonlik uslubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan taqqoslanadi.[34][35]

Karyeradagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ko'rinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Bo'lim o'yin natija o'yin natija o'yin natija o'yin natija o'yin natija
Lorient II 2017–18 Championnat National 2 16 0 16 0
2018–19 Championnat National 2 1 0 1 0
Jami 17 0 0 0 0 0 0 0 17 0
Lorient 2018–19 Liga 2 28 0 0 0 2 0 30 0
Leeds United (ijara) 2019–20 Championship 10 0 1 0 0 0 11 0
Leeds United 2020–21 Premier League 35 0 0 0 0 0 35 0
2021–22 Premier League 38 0 1 0 3 0 42 0
Jami 83 0 2 0 3 0 0 0 88 0
Karyera jami 128 0 2 0 5 0 0 0 135 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leeds United

Individual

  • "Leeds United" yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2020–21[37]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019: List of Players: France“. FIFA (13-iyun 2019-yil). 6-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Illan Meslier: Overview“. ESPN. Qaraldi: 23-mart 2021-yil.
  3. „Illan Meslier“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 23-mart 2021-yil.
  4. „Ilan Meslier, gardien malgré lui - FC Lorient“ (5-dekabr 2016-yil).
  5. „Illan Meslier signe son premier contrat professionnel - FC Lorient“ (1-fevral 2018-yil).
  6. „Who is FC Lorient goalkeeper Illan Meslier? Leeds United's loanee profiled“. YEP (8-avgust 2019-yil).
  7. 7,0 7,1 „Mercato. FC Lorient: Illan Meslier to Monaco“. Ouest France.
  8. „FC Lorient. Chelsea also looks for Meslier“. Ouest France.
  9. „Valenciennes vs. Lorient - 14-avgust 2018-yil - Soccerway“. int.soccerway.com.
  10. „Illan Meslier, the quiet strength of a number one caretaker“. Be Soccer.
  11. „Football. Metz, Brest and Lorient garner“. 24 Matins.
  12. „French teenage goalkeeper Illan Meslier close to Leeds United arrival“. YEP.
  13. „Illan Meslier signs on loan“ (en). www.leedsunited.com (8-avgust 2019-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  14. „ILLAN MESLIER ON LOAN TO LEEDS“ (fr). Lorient Official Site (8-avgust 2019-yil). Qaraldi: 8-avgust 2019-yil.
  15. „Leeds United fans react as Illan Meslier saves another penalty“ (en). The Boot Room (20-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2020-yil.
  16. „Marcelo Bielsa reveals four Leeds United changes for Arsenal FA Cup clash and issues Whites injury update“ (en). Yorkshire Evening Post (4-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2020-yil.
  17. „Arsenal performance shows how well Leeds' approach to the loan market is working – despite Nketiah frustration“. The Athletic.
  18. „Hull City 0-4 Leeds United: Ayling, Hernandez & Roberts give Whites victory“ (en-gb). BBC Sport (29-fevral 2020-yil). Qaraldi: 1-mart 2020-yil.
  19. „Leeds goalkeeper gets eight-match ban for racism“. BBC Sport (28-fevral 2020-yil). Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
  20. „LEEDS UNITED COMPLETE ILLAN MESLIER TRANSFER“ (en-gb). Leeds United (23-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-avgust 2020-yil.
  21. „Championship: Leeds United promoted to Premier League after 16-year absence“. BBC Sport (17-iyul 2020-yil).
  22. Pearson. „Fee revealed as Leeds complete second summer transfer“. TEAMtalk (23-iyul 2020-yil).
  23. „Illan Meslier: Leeds United sign Lorient keeper after loan spell“ (en). BBC Sport (23-iyul 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  24. „Leeds United made a dramatic return to the Premier League after a 16-year absence as they produced a magnificent display only to lose to a late penalty in a thriller against champions Liverpool at Anfield.“. BBC (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2020-yil.
  25. „Liverpool 4 Leeds 3“. BBC Sport (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2020-yil.
  26. „'Who is this guy?' Leeds' new star Meslier“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.
  27. „Premier League. L'ancien gardien du FC Lorient Illan Meslier bat un record vieux de 14 ans“ (French). Ouest-France (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 13-mart 2021-yil.
  28. „Illan Meslier Statistics | Premier League“. www.premierleague.com. 2023-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  29. „Illan Meslier signs Leeds United contract until 2026“. BBC Sport (13-avgust 2021-yil).
  30. „Mali 2 France 0“. UEFA. 17-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  31. „Switzerland 3-1 France“. Sky Sports.
  32. „ILLAN MESLIER NAMED IN FRANCE U21S SQUAD“. Leeds United.
  33. „Netherlands 2 France 1“. UEFA.
  34. „Casilla starred again but soon Leeds may be without him. If the time comes, Meslier will be ready“. The Athletic.
  35. „EXCLUSIVE ILLAN MESLIER: "WITHOUT A BIG GUARD, YOU CAN'T GO FAR“. Onze Mondial.
  36. „Leeds United are champions!“. Leeds United F.C. (18-iyul 2020-yil). Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  37. „LEEDS UNITED PLAYER OF THE YEAR 2021 WINNERS“. Leeds United F.C. (23-may 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]