Ilira Galimullina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilira Xayrulovna Galimullina (1945.16.6, Nukus shahar) - Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tugatgan (1968). 1968-yildan Kegayli tumani, Taxiatosh shahri maktablarida kimyo oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari. 1986-yildan Taxiatosh shahridagi 1-maktab direktori. G. yosh avlodni tarbiyalashda oʻzi boshqargan pedagogik jamoa bilan rejali ish olib bormoqda, oʻquvchilarning bilim saviyasi yildan-yilga yaxshilanmoqsa. 1998/99 oʻquv yilida maktab "Oʻzbekiston geografiyasi" fani boʻyicha tajriba-sinov maydoni etib belgilandi va sinov natijalariga koʻra maktab yuqori bahoga sazovor boʻldi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil