Ildiz chirishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ildiz chirishi, rizoktonioz — qishloq xoʻjaligi ekinlarining ildizi va poyaning ildiz, boʻgʻzi qismi kasalligi. Makka-joʻxori, gʻoʻza, sabzavot, poliz ekinlari, kanop, tok va boshqa kasallanadi. Kasallikni Rhizoctonia Solani Kuhn. zam-burugʻlari va baʼzi bakteriyalar koʻzgʻa-tadi. Ildiz qorayib, chirib ketadi, ildiz boʻgʻzida qoramtir-qoʻngʻir dogʻlar paydo boʻladi, ular bir-biri bilan koʻshilib, ildizni halqa shaklida oʻrab oladi, ayrim hollarda oʻq ildiz va yon ildizlar ingichkalashadi. Poʻstloqning zararlangan joylari yoriladi, oʻsimlik soʻlib, qurib qoladi. Qoʻzgʻatuvchilar tuproqda saqlanadi va rivojlanadi. Gʻoʻza, kartoshka, bugʻdoy, javdar, qand lavlagi, sabzi, bodring, qovun, qovoq, karam Ildiz chirishi dehqonchilikka katta zarar yetkazadi. Oʻzbekistonda gʻoʻzaning Ildiz chirishi keng tarqalgan kasallik, hamma yerda uchraydi. Bu kasallik tufayli har yili 250—300 ming ga maydonda chigit xatosiga, baʼzan butun maydonga qaytadan ekiladi. Chigit chiri-shi, maysalarning chirishi, oʻsimlik nihollarining birinchi rivojlanish fazasidayoq chirishi kabi koʻrinishlari bor. Gʻoʻzada Ildiz chirishi ning boshlanish davrida (agar tuproq namligi kamayib, havo harorati koʻtarilsa) nihollarining bir qismi sogʻayib ketadi. Biroq koʻpchilik oʻsimliklar ildiz boʻgʻzida parazit zamburugʻ taʼsiridan vujudga kelgan uzunchoq poʻkaklashgan dogʻlar — kasallik belgisi saqlanib qoladi.

Kurash choralari: yerlarni tekislash, tuproqqa sifatli ishlov berish, urugʻlikni optimal chuqurlikka ekish, tuproq qatqalogʻiga qarshi kurash, urugʻlikni dorilash, parniklar tuproqlarini fungitsidlar bilan dorilash.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mavlonov O., Gʻoʻzaning ildiz kasalligi va unga qarshi kurash, T., 1979.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil