Ikkinchi Dongola jangi
Ikkinchi Dongola jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Roshidun xalifaligi | Mukurra
| ||||||
Kuchlar | |||||||
5,000 otliq qoʻshin va 1 ta manjaniq[1] | shahar devorlaridagi ko‘plab kamonchilar |
Ikkinchi Dongola jangi yoki Dongola qamali – 652-yilda Roshidun xalifaligining dastlabki arab qoʻshinlari va Mukurra qirolligi oʻrtasida kechgan harbiy toʻqnashuv. Jang musulmonlarning Nubiyaga yurishlariga yakun yasadi, musulmon dunyosi va nasroniy xalqi oʻrtasida tarixiy savdo va tinchlik aloqalarini oʻrnatdi. Natijada, Mukurra keyingi 500 yil davomida Nubiyada hukmronlik qilgan kuchga aylandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukurra qirolligi va Roshidun xalifaligining Misr viloyati oʻrtasidagi munosabatlar 642-yilda boʻlib oʻtgan Birinchi Dongola jangidan keyin yomonlashgan. Arablar magʻlub boʻlgach, Nubiyadan ortga chekinishdi va 645-yilga kelib bir oz muddat tinchlik oʻrnatildi. XIV asrda yashagan Arab-Misr tarixchisi al-Maqriziyning yozishicha, Mukurra oʻrtada tuzilgan sulhni buzgan. Shundan soʻng, Misrning ikkinchi hokimi Abdulloh ibn Saʼd Mukurrani boʻysundirish uchun yurish boshlagan. Bu vaqtda shimoliy va markaziy Nubiya Mukurra qiroli Qalidurut ostida birlashgan edi.
Arxeologik topilmalar Dongola VII asrda mustahkam shahar boʻlganligini koʻrsatadi. Shahar devorlarining balandligi kamida 6 metr (20 ft), poydevor qismining kengligi 4 metr (13 ft), minoralar bilan mustahkamlangan edi. Minoralarining kengligi 6 metr. Shimoliy devorida yana 2 ta minora bor edi. Biroq ushbu minoralar 652-yilda sodir boʻlgan qamaldan keyin qurilgan boʻlishi mumkin[3].