Ikki komponentli sistemalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ikki komponentli sistemalar, qoʻsh sistemalar, binar sistemalar — ikki mustaqil tarkibiy qism (komponent)dan iborat fizik-kimyoviy sistemalar. I.k.s.ni oʻrganish komponentlarning bir-biriga qanday taʼsir koʻrsatishini aniqlashga yordam beradi. Bu oʻzaro taʼsir holat diagrammasi orqali ifodalanadi. Diagrammaning absissalar oʻqiga komponentlarning konsentratsiyasi (miqdori), ordinatalar oʻqiga fazaviy oʻzgarishlar t-rasi qoʻyiladi. Oʻzaro taʼsiriga qarab, komponentlar suyuq va qattiq holatlarda birbirida har qan-day nisbatda eriydigan yoki shu holatlarda maʼlum chegaragacha eriydigan, kimyoviy birikmalar hosil qiladigan, suyuq holatda bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan sistemalarni tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil