Ijtimoiy qonunchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ijtimoiy qonunchilik — milliy qonunchilik tizimidagi tarmoqlardan biri bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini belgilash, ularni amalga oshirilishi va kafolatlanishini, himoyalanishini ta‘minlanishini nazarda tutuvchi qonunchilikni o‘z ichiga oladi [1]. Ijtimoiy qonunchilik fuqarolarning ta‘lim olish, tabiiy xizmatdan foydalanish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, dam olish, o‘zi xohlagan faoliyat turi bilan shug‘ullanish kabi masalalardagi huquqlariga oid qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy qonunchilik O‘zR Kons.dagi ijtimoiy sohaga oid normalar tizimidan, ana shu masalaga taalluqli qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toychiyev, N., ed (2009). "Ijtimoiy qonunchilik". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 207.