Iida (Nagano)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iida, Naganodan yoʻnaltirildi)
Iida

飯田市
Shahar
Skyline of Iida
Iida
Bayroq
Iida
Gerb
35°30′53.3″N 137°49′18.6″E / 35.514806°N 137.821833°E / 35.514806; 137.821833 G OKoordinatalari: 35°30′53.3″N 137°49′18.6″E / 35.514806°N 137.821833°E / 35.514806; 137.821833 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 658.66 km2 (254.31 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil mart)
101,536
Zichligi 150 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0265-22-4511
Iida xaritada
Iida
Iida
Iida shahar hokimiyati

Iida (yaponcha: 飯田市 Iida-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahar. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra shahrda 81,536 kishi istiqomat qilgan va aholi zichligi taxminan 1 kvadrat kilometrga 154 kishiga teng boʻlgan. Shaharning umumiy maydoni 658,66 kvadrat kilometr (254.31 mi) ni tashkil etadi. Iida ekologik namunali shahar (yaponcha: 環境モデル都市 Kankyō moderu toshi?) hisoblangan. Shahar Yaponiya hukumati tomonidan kam uglerodli jamiyat uchun issiqxona gazlari chiqindilarini katta qisqartirish maqsadida namuna boʻlishi uchun tayinlangan munitsipalitet hamdir[1].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iida — Nagano prefekturasining eng janubiy shahri hisoblanadi. Hijiri togʻi 3,013 metr (9,885 ft) balandlikka ega boʻlib, u shahardagi eng baland hududidir. Iida yirik Nagoya shahridan shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, Chūō tezkor yoʻli orqali avtomobilda 90 daqiqalik yoʻl masofa uzoqlikda oʻrnashgan. Xuddi shu ekspress yoʻl Tokioga ham toʻrt soatcha vaqtda chiqish imkonini beradi. Iida shahriga eng yaqin yirik metropol shahar Nagoya boʻlib, unga avtobusda tezgina borish mumkin (taxminan 2 soat). Nagano prefekturasining markaziy va shimoliy qismidagi yirik Matsumoto hamda Nagano shaharlariga ham avtobus va poyezd orqali borish imkoni mavjud. Shuningdek, Tokioning Shinjuku shahriga avtobus qatnovi ham yoʻlga qoʻyilgan, bu yoʻl taxminan toʻrt soat vaqt oladi.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iida juda issiq yoz va sovuq qish bilan tavsiflanuvchi nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Iida shahrida oʻrtacha yillik harorat 13.1 °C (55.6 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,688.1 mm (66.46 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25.4 °C (77.7 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan 1.0 °C (33.8 °F) boʻladi.

Iida (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 19,7 21,1 26,2 31,4 33,8 34,6 37,4 37,7 36,1 31,0 26,1 20,9 37,7
Oʻrtacha maksimal, °C 6,7 8,1 12,2 18,6 23,6 26,5 30,0 31,6 27,2 20,9 14,8 8,9 19,1
Oʻrtacha harorat, °C 1,0 2,3 6,1 11,8 16,9 20,6 24,4 25,4 21,5 15,0 8,6 3,4 13,1
Oʻrtacha minimal, °C −3,6 −2,7 0,6 5,9 11,1 16,0 20,3 20,9 17,3 10,7 3,9 −1,1 8,3
Mutlaq minimal, °C −16,5 −15,2 −11,9 −5,1 −0,9 3,9 10,1 10,9 4,6 −2 −7,5 −13,7 −16,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 63,4 78,7 139,1 141,0 153,8 192,0 240,1 149,4 208,6 163,3 93,4 65,4 1 688,1
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]
Minamishinano, Iida (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 17,2 21,5 26,9 31,0 34,5 36,1 38,5 39,5 36,3 32,3 24,4 22,0 39,5
Oʻrtacha maksimal, °C 7,5 9,3 13,5 19,4 24,2 26,7 30,3 32,0 27,7 21,6 15,5 9,8 19,8
Oʻrtacha harorat, °C 1,2 2,4 6,3 11,9 16,9 20,5 24,0 25,1 21,3 15,1 8,7 3,4 13,1
Oʻrtacha minimal, °C −3,3 −2,7 0,6 5,6 11,0 15,9 19,7 20,6 17,1 10,9 4,1 −10 8,2
Mutlaq minimal, °C −12,1 −12 −7,9 −3,8 1,2 7,8 12,9 12,8 7,2 −0,8 −4,3 −8,9 −12,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 65,2 82,6 144,4 145,0 164,8 220,1 290,2 169,8 242,2 198,8 101,0 71,4 1 895,5
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[4][5]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Iida aholisi soni 1960-yildan 2010-yilgacha nisbatan oʻzgarmay qolgan, ammo soʻnggi yillarda biroz kamayishni boshlagan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194096,834—    
1950114,14+17.9%
1960107,902−5.5%
1970104,789−2.9%
1980109,465+4.5%
1990110,402+0.9%
2000110,589+0.2%
2010105,364−4.7%
202098,164−6.8%

2001-yil holatiga koʻra, 1700 kishi yaʼni shahar aholisining 1,5 % braziliyaliklar ekanligi aniqlangan[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Iida hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud Edo davrida Iida domenining bir qismi hisoblangan va Iida qal’asi atrofidagi jokamachi sifatida rivojlangan. Iida shahri Shimoina okrugi tarkibida 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan yaratilgan. 1937-yil 1-aprelda u shahar maqomiga koʻtarildi. Iida Ikkinchi Jahon urushi paytida Yaponiyaning koʻplab boshqa shaharlariga zarar yetkazgan portlashlardan ortiqcha ziyonsiz chiqishga erishdi; ammo Iida markaziy qismining katta hududi urush tugaganidan ikki yil oʻtgach, 1947-yilda shaharning markazida sodir boʻlgan katta yongʻin tufayli vayronaga aylangan. 

1956-yil 30-sentyabrda shahar chegaralari qoʻshni Zakoji, Matsuo, Tatsuoka, Miho, Igara, Yamamoto va Shimohizakata qishloqlarini oʻziga qoʻshib olishga muvaffaq boʻldi. Keyinchalik, 1961-yil 31-martda Kavaji, 1964-yil 31-martda esa Chiyo, Tatsue va Kamihizakata qishloqlarini qoʻshib olish orqali kengaytirildi, 1984-yil 1-dekabrda Kanae shahri, 1993-yil 1-iyulda Kamisato hamda 2005-yil 1-oktyabrda Kami va Minamishinano shaharlari ham Iida tarkibiga kiritildi. 

2013-yilning 5-fevralida Iida aylanma yoʻliga ega boʻlgan kam sonli Yaponiya shaharlaridan biriga aylandi[7].

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iida shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 23 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi va mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. 

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iida anʼanaviy ravishda ipakchilik va mizuhiki ishlab chiqarishi bilan mashhur boʻlib, bu tugunli arqonlar yordamida hosil qilinadigan anʼanaviy sanʼat turi hisoblanadi. Bugungi kunda Iida iqtisodiyoti bogʻdorchilik, xususan, nok va olma, texnik asboblar va elektronika ishlab chiqarishga asoslangan[8].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda Iida ayollar oʻsmirlar kolleji faoliyat yuritadi.

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iida 19 ta davlat boshlangʻich maktabi va oʻnta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktabi hamda bitta xususiy oʻrta maktab ham mavjud.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • JR Tokai — Iida liniyasi
    • Kinno — Chiyo — Tenryūkyō — Kavaji — Tokimata — Dashina — Kega — Ina-Yavata — Shimoyamamura — Kanae — Kiriishi — Iida — Sakuramachi — Ina-Kamisato — Motozenkōji

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • E20Chūō tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 151
  • Milliy yoʻnalish 152
  • Milliy yoʻnalish 153
  • Milliy yoʻnalish 256
  • Milliy yoʻnalish 418
  • Milliy yoʻnalish 474

Qardosh shahar munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chet elda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya ichida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yildan beri Iida shahrida Iida qoʻgʻirchoq teatri festivali boʻlib oʻtadi, bu Yaponiyadagi eng yirik tadbir boʻlib, har yili avgust oyi boshida oʻtkaziladigan mazkur toʻrt kunlik festivalda Yaponiya va chet eldan 200 dan ortiq anʼanaviy va zamonaviy qoʻgʻirchoq truppalar ishtirok etadilar. 2008-yilda shaharda qoʻgʻirchoq teatri festivalining 30 yilligini nishonlash uchun kengaytirilgan xalqaro guruhlar ishtiroki bilan festivalning toʻqqiz kunlik bayrami boʻlib oʻtdi. Iida shahrida ningyō jōruri yoki Bunraku deb nomlanuvchi anʼanaviy yapon qoʻgʻirchoq teatri 300 yildan koʻproq vaqtdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur festivalda Iida yoki uning yaqinida joylashga toʻrtta ananʼanaviy qoʻgʻirchoq truppalari: Imada qoʻgʻirchoq truppasi, Kuroda qoʻgʻirchoq truppasi, Furuta qoʻgʻirchoqlari va Vaseda qoʻgʻirchoqlari ham ishtirok etadi.

Har yili iyun oyida Iida shahrida „Saivai Shimoina Vadaiko festivali“ nomli yirik taiko baraban chalish festivali boʻlib oʻtadi. Har yili eng yaxshi baraban chaluvchi guruhlari „Super shou“ da, havaskorlar jamoalari esa „Fringe festivali“ da chiqish qilishadi.

Iyul oyidan boshlab mahalliy ziyoratgohlarda koʻplab festivallar oʻtkazilishni boshlaydi. Ushbu festivallarning tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradigan jihatlaridan biri bu mushakbozlikning amalga oshirilishidir. Mushakbozlikning eng katta va eng ajoyib namoyishlaridan biri bu 16-avgustda boʻlib oʻtadigan Tokimata shahridagi Tōrō-nagashi festivali hisoblanadi. Mushaklar ham Tenryu daryosi yaqinida otiladi. Iidadagi yana bir muhim festival bu — Oneri Matsuri boʻlib, bu festival har yetti yilda bir marotaba oʻtkaziladi (eng oxirgisi 2016-yilda boʻlib oʻtgan, keyingisi 2022-yil mart oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan). Bu toʻrt kunlik ommaviy tadbir boʻlib, oʻzining shi-shi sher raqsi bilan mashhur.

Iida olmani oʻz ramziy belgisi sifatida qabul qilgan. Shaharda oʻtkaziladigan eng yirik festivallardan yana biri har yili avgust oyining boshida oʻtkaziladigan Ringo Matsuri (Olma festivali) boʻlib, Iida shahridagi Ringo Namiki-dori (olma daraxtlari bilan qoplangan koʻcha) koʻchasida shahardagi Higashi oʻrta maktabi oʻquvchilari tomonidan parvarishlanadigan olma koʻchatlari oldida festival amalga oshiriladi. Iida atrofidagi hudud shaftoli, olma va xurmo bogʻlari, shuningdek, koʻplab boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan, Osiyo noklari (nashi) va qulupnay ishlab chiqarishi dalalaridan tarkib topgan. Mazkur qishloq xoʻjalik mahsulotlari butun Yaponiya hududida juda mashhur hisoblanadi. Shaharning mahalliy taomi — bu hoshi-gaki yoki quritilgan xurmo taomi hisoblanadi.

Iida mizuhiki sanʼat turining vatani hisoblanadi va mizuhiki mahsulotlari yaratilishi bilan mashhur.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]