Kontent qismiga oʻtish

Ideal kristall

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ideal kristall — zarralari (atomlar, molekulalar, ionlar) fazoda qatʼiy muayyan tartibda joylashgan va fazoviy simmetriya xossasiga ega boʻlgan mukammal strukturali qattiq jism; kristallarning ideallashtirilgan modeli. Tuzilishi jihatdan tabiiy kristalldan farq qiladi. Tabiiy kristallda turli nuqsonlar — dislokatsiya, boʻsh joylar, kirishmalar va hokazo mavjud boʻlib, qatiy muayyan strukturali boʻlmasligi ham mumkin. Kristall panjara tebranishlari ham zarralar strukturasi tartibini buzadi. Ideal kristall tushunchasi kristallografiya va qattiq jismlar nazariyasida keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil