Idda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Iddat Al-Marʼadan yoʻnaltirildi)

Idda, i d d a t a l-m a r ʻ a (arab. -maʻlum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxdat) - shariat boʻyicha eri oʻlgan yoki eridan ajralishgan xotinlar boshqa erga chiqishi uchun oʻtishi shart boʻlgan muddat. Bunday ayollarga idda oʻtmaguncha erga chiqish taqiqlangan: beva uchun idda 4 oy-u 10 kun, eridan ajralishgan hayz koʻrmaydigan ayol uchun 3 oy, hayz koʻradigan ayolning iddasi uch hayz belgilangan. Muddatning belgilanishi Qurʼonga asoslangan holda shariatga kiritilgan boʻlib, ayolning ajralgan yoki oʻlgan eridan homilasi bor yoki yoʻqdigani aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan. Eridan taloq ila ajragan ayol, iddani eri ila yashagan uyda oʻtkazishi lozim. Chunki bu, yana qayta yarashish uchun berilgan imkoniyatdir. Homilador ayolning eri vafot etsa yoki taloq qilgan boʻlsa, iddasi tugʻguncha boʻlib, tugʻsa iddadan chiqadi.

Idda, iddat al-marʼa (arab. — maʼlum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxlat) — shariat boʻyicha eri oʻlgan yoki eridan ajrashgan xotinlar boshqa erga chiqishi uchun oʻtishi shart boʻlgan muhlat. Bunday ayollarga I. oʻtmaguncha erga chiqish taqiklangan: beva uchun I. 4 oy-u 10 kun, eridan ajralishgan ayol uchun 3 oy belgilangan. Muxlatning belgilanishi Qurʼonga asoslangan holda shariatga kiritilgan boʻlib, ayolning ajralgan yoki oʻlgan eridan homilasi bor yoki yoʻkligini aniqlash bilan boglik boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil