Idalgo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Idalgo, Idalgo-ikostilya, Migel (1753.8.5, Korralexo — 1811.31.7, Chiuaua) — Meksikaning milliy qahramoni; Ispaniyaga qarshi milliy ozodlik urushiga aylangan xalq qoʻzgʻoloni (1810—11) rahbari. Valyadolid (hoz. Moreliya) dagi Diniy seminariyani tugatgan, u yerda avval oʻqituvchi, soʻng rektor boʻlgan. Fransuz ensiklopedistlarining gʻoyalarini tarqatgani uchun oddiy qishloq cherkovi ruhoniysi darajasiga tushirilgan. I. mamlakat mustaqilligi, indeys xal-qining iqtisodiy va huquqiy ahvolini yaxshilash yoʻlidagi chiqishlarini davom ettirgan. I. Dolores sh. da xa-lqqa murojaat qilib ispanlarga qarshi ozodlik urushini boshlashga chaqirgan ("Dolores daʼvati") va dehq-on-indeyslar, kon ishchilari va pe-onlardan iborat inqilobiy armiyaga bosh boʻlgan. Noyabrda Gvadalahara sh. da I. boshchiligidagi hukumat tuzilgan. Hukumat qulchilikni bekor qilinganligini eʼlon qilgan, indeyslarga jamoa yerlarini qaytarish va soliqlarni kamaytirish haqidagi qonunlarni chiqargan. 1811 y. 17yanv. dainq-ilobiy armiya magʻlubiyatga uchragan. I. asirga olinib, sudlanib, otishga hukm qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil