Id, ego va super-ego

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Id, ego va super-ego Sigmund Freud'ning psixika tarkibiy modelida aniqlangan psixik apparatning qismlaridir; bu uch nazariy qurilmalarning faolligi va oʻzaro munosabati orqali ruhiy hayot tasvirlanadi. Psixikaning ushbu modeliga binoan id — koordinatsiyalashmagan instinktiv mayl; ego — koordinatsiyalashgan, realistik qism; super-ego esa tanqidiy va maʼnaviy rol oʻynaydi.[1]

Bu model tarkibiy va apparat xaritasi boʻlsa-da, id, ego va super-ego miya qismi emas, balki ong funksiyalaridir hamda haqiqiy somatik tuzilmalarga mos kelmaydi.

Bu konseptlar Freud tomonidan 1920-yillarda taklif etilgan va shu kunga qadar boshqa ruhshunoslar tomonidan ishlatilib kelinmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Snowden, Ruth. Teach Yourself Freud. McGraw-Hill, 2006 — 105–107 bet. ISBN 978-0-07-147274-6.