Ichkilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ichkilar — Movarounnahrda (temuriylar, shayboniylar) va Hindistonda (boburiylar) hukmdor saroyida xizmat qiluvchi navkarlar, xos qoʻriqchilar, mulozimlar va beklar. Asosan, hukmdorga yaqin va sodiq zodagonlar safidan oʻrin olgan I. zarur vaqtlarda harbiy harakatlarda ham ishtirok etgan: "Gʻoʻlda Qosimbek va yovuq ichkilar edi" (Boburnoma). I. baʼzan ichki beklar istshyuhi bilan ham yuritilgan. Boburning taʼkidlashicha, I. davlat oldidagi ul-kan xizmatlari evaziga ulugʻ beklar darajasiga koʻtarilgan hamda saltanatdagi mavjud imtiyozlarga ega boʻlgan. Hukmdor saroyidan uzoqdagi viloyat va tumanlarda faoliyat kursatuvchi beklar — tashki beklar yoki sarhad beklari deb yuritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil