Ichki xoʻjalik rejasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ichki xoʻjalik rejasi - xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning belgilangan maqsadlari va unga erishish chora-tadbirlari majmui. I.x.r. muayyan xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ixtisoslashuvi va mavjud i.ch. resurslarini hisobga olgan holda belgilanadigan vazifalar hamda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini aks etti-ruvchi ichki meʼyoriy hujjatdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida I.x.r. bevosita u yoki bu mahsulot (tovar)ga nisbatan talab va taklif, sifat jihatdan isteʼmol qilinish darajasi, narx va b. omillar asosida belgilanadi. I.x.r.da belgilangan barcha vazifa va chora-tadbirlar xoʻjalik yuritish subʼyektining biznes rejasida aks ettiriladi. Biznes rejani tuzishda xoʻjalikdagi tashkiliy, iqtisodiy, tabiiy (mas, qishloq xoʻjaligi korxonalarida) omillar asosida har bir tarmoqning i.ch. salohiyatiga erishish, tarmoklarning muqobil uygʻunligini taʼminlash hamda ilgʻor texnologiya, texnika va tajribalarni tadbiq qilish asosida kam xarajat evaziga eng yuqori daromad (sof fonda) olish, xoʻjalikni barqaror rivojlantirish va raqobatbardosh tovarlar bilan bozorlarni egallash asosiy vazifalar sifatida tan olinadi (yana qarang Biznes rezka). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil