Ichki xoʻjalik hisobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ichki xoʻjalik hisobi - muay-yan bir korxona yoki tashkilotda xoʻjalik yuritish usuli; uning boshqa xoʻjalik subʼyektlari bilan boʻladigan muno-sabatlari majmuini muvofiklashtirish, boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Bozor sharoitida I.x.h. maqsad va mohiyat jihatdan tijorat hisobi sifatida namoyon boʻladi hamda korxona (tashkilot)ning boshqa xoʻjalik subʼyektlari oldidagi majburiyatlarini amalga oshirish nuqtai nazardan ishlab chiqiladi.

I.x.h. korxona (tashkilot) xoʻjalik hisobinpt tarkibiy va ajralmas qismi boʻlib, muayyan xoʻjalik yuritish subʼyektiga qarashli ichki boʻlinmalar qar birining faoliyat yoʻnalishlari va ularning oʻzaro munosabatlariga asoslanadi. Har bir ichki boʻlinmaning ixtisoslashuviga muvofiq mahsulot i.ch. yoki ish bajarish (xizmat koʻrsatish) yuzasidan miqdoriy topshiriq, uni bajarish uchun lozim boʻlgan xarajat tarkiblari, moddiy manfaatdorlik tizimi va b. tegishli koʻrsatkichlar boʻyicha meʼyorlar I.x.h.da oʻz aksini topadi. I.x.h. da nisbatan erishilgan yakuniy natijalar ichki boʻlinma jamoalari aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirishga asos ilib olinadi. Bozor sharoitida I.x.h., yaʼni tijorat hiso-bining asosiy tamoyillari sifatida ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)ni mustaqil tashkil qilish, oʻzini oʻzi boshqarish va moliyaviy qoplash, har bir aʼzoni oʻz mulkiy ulushi miqdorida moddiy javobgarlikka tortish, moddiy ragʻbatlantirish va b. tamoyilar kuchli amal qiladi.

Qurbon Choriyev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil