Ichinomiya (Chiba)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ichinomiya

一宮
Shaharcha
Skyline of Ichinomiya
Ichinomiya
Bayroq
Ichinomiya
Gerb
35°22′22.0″N 140°22′7.5″E / 35.372778°N 140.368750°E / 35.372778; 140.368750 G OKoordinatalari: 35°22′22.0″N 140°22′7.5″E / 35.372778°N 140.368750°E / 35.372778; 140.368750 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Kanto viloyati
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil dekabr)
12 494
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0475-42-2111
Ichinomiya xaritada
Ichinomiya
Ichinomiya

Ichinomiya (yaponcha: 一宮町 Ichinomiya-machi?) Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shaharchadir[1]. 2020-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharchada 5643 ta xonadonda 12494 nafar aholi istiqomat qiladi[2] va aholi zichligi 1 km² ga 540 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 65,38 kvadrat kilometr (25,24 mi²).

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiya Chiba prefekturasining sharqiy qismida, prefektura poytaxti Chibadan taxminan 35 kilometr va Tokio markazidan 60-70 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Markaziy Boso yarim orolining Tinch okeani sohiliga qaragan shaharning sharqiy qismi mashhur Kujukuri plyajining bir boʻlagini oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy qismi esa Boso tepaligi tizmasida oʻrnashgan boʻlib, oʻrmonga qadar choʻzilgan uzun va chuqur vodiylardan tarkib topgan. Hudud qishloq xoʻjaligi suvi uchun tarqoq suv havzalariga ega. Ichinomiya daryosi shimolda, sharqdan gʻarbga tomon oqib oʻtadi va Tinch okeaniga borib quyiladi. Shahardagi eng baland choʻqqilar quyidagilardir: Shiroyama togʻida 150 metr (490 ft), sobiq qal’a joyi, Takafuji togʻi 83 metr (272 ft) va Gundari togʻi 70 metr (230 ft).

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiba prefekturasi

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiya nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Ichinomiyada oʻrtacha yillik harorat 15,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1717 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,0 °C, eng past harorati esa yanvarda, 5,8 °C atrofida boʻladi[3].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Ichinomiya aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195010,953—    
196010,694−2.4%
19709,929−7.2%
198010,486+5.6%
199011,135+6.2%
200011,648+4.6%
201012,042+3.4%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Ichinomiya hududida tub yerlik aholi eramizdan oldingi davrlardan buyon yashab kelgan. Hudud oʻz nomini Tamasaki ziyoratgohi, Ichinomiya yoki Kazusa viloyatining birinchi ziyoratgohi nomidan olgan. Sengoku davrida Boso yarim orolining deyarli mustaqil hukmdorlari boʻlgan Satomi sulolasi Ichinomiyada qal’a qurdilar. Hudud 1703-yil Genroku zilzilasidan vayron boʻlgan, shu davr davomida sunami qirgʻoqdan 1,5 kilometr ichkariga kirib borgan. Edo davrida bu hududda Ichinomiya domeni deb nomlangan 13000 koku feodal hududi hukmronlik qilgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud tez sur’atlar bilan yozgi dam olish maskaniga aylantirildi, koʻplab taniqli siyosatchilar, harbiy arboblar, rassomlar va yozuvchilar yozgi qarorgohlarni tashkil etishdi. Ichinomiya shaharchasi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Chosei tumanida tashkil etilgan. Ichinomiya 1953-yil 3-noyabrda qoʻshni Torami qishlogʻi bilan birlashtirilgan.

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiya toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 13 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Chosei tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Ichinomiya Chiba prefekturasi assambleyasiga bittadan aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiyaning asosiy tarmogʻi ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi boʻlib, asosan pomidor, poliz ekinlari va mevalar yetishtirishga ixtisoslashgan. Turistik va kurort sanoati ham mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Shahar, shuningdek, Minami Kanto gaz koni ham joylashgan boʻlib, tabiiy gaz qazib olish mahalliy iqtisodiyotga oʻz hissasini qoʻshadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiya shahar hokimiyati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabiga ega. Shaharda Chiba prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

JR Sharq — Sotobo liniyasi

  • Kazusa-Ichinomiya — Torami

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichinomiya shahar hokimiyati
Tsurigasaki serfing plyaji
Ichinomiya Kasute xarobalari (Chiba)
Hosei-ji (Taito)
Torami koʻchalari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "一宮(町)" (ja). Nihon Daihyakka Zensho (Nipponika) [Ichinomiya]. Tokyo: Shogakukan. 2012. OCLC 153301537. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-11-26. 
  2. „Ichinomiya town official statistics“ (ja).
  3. Ichinomiya climate data
  4. Ichinomiya population statistics

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]