Ibtidoiy gʻoʻzalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibtidoiy g'o'zalardan yoʻnaltirildi)

Ibtidoiy gʻoʻzalar, gʻoʻzaning primitiv shakllari, gʻoʻzaning qadimgi yovvoyi shakllari — koʻsaklari va chigitlari mayda koʻp yillik monopodial buta; madaniylashtirilgan gʻoʻzaning birinchi evolyusion shakli. Ular asosan qisqa kunda oʻsib rivojlanadi, qurgʻoqchilikka chidamli, chigitining nihoyatda sekin va bir tekisda unib chiqmasligi bilan farq qiladi. Tolasi siyrak va qisqa, yashilqoʻngʻir, qoʻngʻir yoki qoramtir-kulrang boʻlib, koʻpincha chigitga qattiq yopishib turadi. Uzunligi 15– 20 mm. I. gʻ. tabiiy sharoitda mustaqil oʻsadi va koʻpayadi. Baʼzan ular manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi. I. gʻ. endemik bulib, birlamchi togʻ qoyalarida, toshloq yoki qumloq yerlarning oʻzlashtirilmagan zonalarida kserofit butalar bilan birga oʻsadi. Ularning tarqalish areali cheklangan. I. gʻ. gʻoʻzaning madaniy shakllari tarqalgan boshqa tropik mamlakatlar va hududlarda uchramaydi. Har bir madaniylashtirilgan gʻoʻzaning oʻz ibtidoiy shakllari mavjud. Mas, Meksika gʻoʻzasida — ssp. mexicanum Tod. tipining 2 ta kenja turi — var. nervosum Watt., var. microcarpum Tod. bor; peru gʻoʻzasining ssp. darwini Watt, tipi, afrika-osiyo gʻoʻzasining ssp. africanum Watt., hindixitoy gʻoʻzasining ssp. obtusifolium Roxb. tiplari mavjud.

I. gʻ. ayrimlari qimmatli belgi va xususiyatlarga ega boʻlib, ulardan amaliy seleksiyada foydalanish mumkin. Masalan, var. nervosum kenja turi serho-sil, viltga chidamli Toshkent guruhi navlarini yaratishda asos boʻlib xizmat qildi. I. gʻ. — ruderal gʻuzalariint avlodboshisi hisoblanadi.

Abdumavlon Abdullayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil