Gʻalimjon Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻalimjon Ibrohimov
Tavalludi 12-mart 1887[1] va 1887
Vafoti 21-yanvar 1938[2] va 1938
Ijod qilgan tillari Tatar tili
Fuqaroligi SSSR

Ibrohimov Gʻalimjon Girfanovich — [1887.28.2.(12.3), Boshqirdistonning hozirgi Aurgazin tumani — 1938.21.1] — tatar yozuvchisi, olim, jamoat arbobi. Zamonaviy tatar adabiyoti asoschilaridan. Orenburg (1898—1905) va Ufa (1906—09) madrasalarida oʻqigan. "Bizning yoʻl", "Maorif" jurnali larida muharrir. I. ning dastlabki realistik hikoya va qissalari ("Zakiy talabaning madrasadan haydalishi", 1907; "Tatar ayoli taqdiri", 1910; "Tabiat bolalari", 1914 va b.) da tatar yoshlarining hayoti va kurashi aks etgan. Uning "Yosh yuraklar" asari (1912) — tatar adabiyotidagi birinchi psixologik roman. "Bizning kunlar" (1920) kitobi 1905— 07 yil dagi inqilobiy voqealarga bagʻishlangan. "Teran tomirlar" (1926—28) romanida fuqarolar urushi davri aks etgan. I. tatar tilshunosligi va tarixiga oid ilmiy asarlar, darsliklar muallifi ("Tatar grammatikasi", 1911; "Adabiyot nazariyasi", 1916; "Ona tilini oʻqitish metodikasi", 1918 va b.).

As.:Teran tomirlar, T., 1961; Qozoqqizi, T., 1964.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil