Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim ibn al-Ashtar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrahim ibn al-Ashtar
إبراهيم بن الأشتر
Tavalludi tax. 642
Yaman, Arabiston
Vafoti 691 (yoshi 48–49), oktyabr
Dayr al-Jataliq
Fuqaroligi Roshidun xalifaligi (656–661)
Al-Muxtor as-Saqafiy (685–687)
Abdulloh ibn az-Zubayr (687–691)
Xizmatdagi yillari 657–691
Jang/urush
Aloqa Molik al-Ashtar (otasi)
Nu’man (oʻgʻli)
Abdurahmon ibn Abdulloh al-Naxaʼiy (ona bir ukasi)
Isteʼfoda Mosul hokimi (686–691)

Ibrohim ibn Molik al-Ashtar ibn al-Horis an-Naxaʼiy (arabcha: إبراهيم بن مالك الأشتر بن الحارث النخعي‎; 691-yil oktyabrda vafot etgan), Ibrohim ibn al-Ashtar nomi bilan mashhur (arabcha: إبراهيم بن الأشتر‎) – arab qoʻmondoni, xalifa Ali (h. 656–661) xizmatida janglarda ishtirok etgan, keyinchalik Aliylar tarafdori al-Muxtor at-Saqafiyga xizmat qilgan. 686-yilda boʻlib oʻtgan Xazir jangida al-Muxtor qoʻshini boshchiligida Umaviylarga qarshi hal qiluvchi gʻalabaga erishgan va shu jangda Umaviy qoʻshini sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod shaxsan Ibn al-Ashtar tomonidan oʻldirilgan.

Oilasi va yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim ibn al-Ashtar Molik al-Ashtar ibn al-Horisning oʻgʻli boʻlgan. Otasi Roshidun xalifaligi davrida xalifa Alining (h. 656–661) sodiq tarafdorlaridan boʻlgan[1]. Ularning oilasi Banu Naxa qabilasiga mansub boʻlgan, shu sababli ularning nomida „an-Naxaʼiy“ nisbası qoʻllanadi[2]. Banu Naxa esa oʻz navbatida yirik Madhhij qabilasining bir boʻlagi edi[2]. Ibrohimning onasi bir, otasi boshqa Abdurahmon ibn Abdulloh an-Naxaʼiy ismli ukasi boʻlib, u ham jangchi boʻlgan[2]. Ibrohim ham otasi kabi 657-yilda Siffin jangida Banu Umayyaga qarshi Ali bilan birga jang qilgani haqida maʼlumotlar mavjud[1].

  1. 1,0 1,1 The Encyclopaedia of Islam, 1971 p. 987.
  2. 2,0 2,1 2,2 Al-Tabari, ed. Hawting, p. 197.