Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim ibn Yaqub

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrohim ibn Yoqubning sayohati.

Ibrohim ibn Yaqub (arabcha: إبراهيم بن يعقوب – Ibrāhīm ben Yaʿqūb al-Ṭarṭūshi yoki al-Ṭurṭūshī; ibroniycha: אברהם בן יעקב  – Avraham ben Yaʿakov; fl. 961—62) – andaluslik yahudiy sayyoh, Tortosa shahridan chiqqan va X asrda ilm-fan, tibbiyot hamda geografiya sohasidagi bilimlari bilan tanilgan hamda eʼtirof etilgan[1]. Kordova amirligi xalifasi Hakam II huzuriga tashrif buyurgan. Xalifa uni bir necha Yevropa mamlakatlariga, xususan, Otton I hukmronligidagi Muqaddas Rim imperiyasiga safar qilish uchun yuborgan[1].

Ibrohim, ehtimol, savdogar boʻlgan. Shuningdek, diplomatiya va josuslik faoliyati bilan ham shugʻullangan boʻlishi mumkin. Sayohatnoma asari „Kitob al-Istibsar“ turli shahar va mintaqalar tavsifini, shuningdek, safarlari davomida uchratgan xalqlarning urf-odatlari hamda kundalik hayoti haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi[2].

Ibrohimning oilasi Umaviylar hukmronligidagi Tortosa shahridan, Ebro daryosi quyilishiga yaqin hududdan chiqqan. Ibrohim Kordovada ham yashagan boʻlishi mumkin. Baʼzi yozma va ogʻzaki manbalar hamda oʻz asarlari uning yahudiy ekanini koʻrsatadi. Shunga qaramay, koʻpchilik tarixchilar uning yahudiy musulmon boʻlganini taʼkidlaydi. Bernard Lewis bu masalada shunday deydi: „Ibrohim eʼtiqod qiluvchi yahudiymi yoki yahudiy musulmon boʻlganmi, bu borada maʼlum darajada noaniqlik mavjud“[3].

Kordova amirligi xalifasi Hakam II tomonidan [1] Ibrohimni 961—962-yillarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa boʻylab, shuningdek, Italiyada kamida Rimgacha yuborilgan. Rimda fevral oyining birinchi haftasida Otton I qabulida boʻlgan.

Ibrohimning al-Andalusga (Iberiya yarimorolining musulmonlar hukmronligidagi qismi) qaytgani yoki keyingi safarlari haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Safar xotiralari va izohlari, ehtimol, dastlab xalifa Hakamga (961—976) taqdim etilgan boʻlsa-da, bizgacha yetib kelmagan. Faqat keyingi mualliflar keltirgan parchalar saqlanib qolgan. Asosan, ular Abu Abdulloh al-BakriyningBook of Roads and Kingdoms (al-Bakriy)“ asarida hamda Zakariya al-Qazviniyning asarida, ehtimol al-Udriy yozuvlari orqali yetib kelgan[4].

Ibrohimning asari Polsha davlatining ilk tarixiy hukmdori Meshko I davridagi holatini ishonchli tarzda tasvirlagan birinchi manba sifatida keng tan olingan. Shuningdek, Hedebyda yashagan vikinglar, Mecklenburg qasridagi Nakoniylar istehkomi hamda katta ehtimol bilan keyinchalik gersoglar qal’asi va saroyining markaziga aylangan Schwerin hududi haqida bergan tavsiflari bilan ham mashhur. Ibrohim ibn Yaqub chexlar tarixida ham alohida oʻrin tutadi, chunki u Praga shahri va uning yahudiy jamoasini yozma manbada tilga olgan ilk muallif hisoblanadi. Shuningdek, chex hukmdori Boleslav I ni hamda Krakovni Bogemiya gersogligi tarkibida tilga olgan.

  1. 1 2 3 Saénz-Badillos, Angel, „Tortosa“, Encyclopedia of Jews in the Islamic World (inglizcha), doi:10.1163/1878-9781_ejiw_COM_0021440, qaraldi: 2026-01-23
  2. R. L. Nettler, Ibrahim ibn Yaqub, " in "Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia, (New York: Routledge, 2006), pp. 378-379.
  3. The [European] Other in Medieval Arabic Literature and Culture: Ninth-Twelfth Century AD. Palgrave Macmillan, 10 Apr 2012 111-bet. ISBN 9781137081650. 
  4. L. Molina, 'al-ʿUd̲h̲rī', in Encyclopaedia of Islam, ed. by P. Bearman and others, 2nd edn, 12 vols (Leiden: Brill, 1960–2005).