Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim ibn Baks

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibrohim ibn Baks (arabcha: إبراهيم بن بكس‎) (1003-yilda vafot etgan[1]) – shifokor, islom oltin davrida Bagʻdodda joylashgan al-Adudiy shifoxonasida muntazam ravishda maʼruzalar oʻqigan. Umrining oxiriga kelib, koʻr boʻlib qolgan[2].

Shifokor Ibn Abu Usaybiyaning yozishicha, Ibn Baks koʻplab asarlarni arab tiliga tarjima qilgan[3].

Ibn Baksning asarlari orasida tibbiyot boʻyicha katta va kichik qoʻllanmalar hamda teri kasalliklari, ko‘z kasalliklari, anatomiya va antidotlarga bagʻishlangan monografiyalar mavjud[4].

  1. Packard, Francis R.. Annals of medical history. P.B. Hoeber, 1941 — 161-bet. 
  2. Ward, Bāqir Amīn. Muʻǧam al-ʻulamāʼ al-ʻArab, 1st (Arabic) Awad: , Bayrūt: ʻĀlam al-Kutub : Maktabaẗ al-Nahḍaẗ al-ʻArabiyyaẗ, 1986 — 43-bet. 
  3. Ward, Bāqir Amīn. Muʻǧam al-ʻulamāʼ al-ʻArab, 1st (Arabic) Awad: , Bayrūt: ʻĀlam al-Kutub : Maktabaẗ al-Nahḍaẗ al-ʻArabiyyaẗ, 1986 — 43-bet. 
  4. Packard, Francis R.. Annals of medical history. P.B. Hoeber, 1941 — 161-bet.