Ibrohim ibn Ahmad
Ibrohim ibn Ahmad (10-asrda vafot etgan) 947-yilda qisqa muddat Somoniylar amiri boʻlgan. Ahmad Somoniyning oʻgʻli.
914-yilda Ahmad vafotidan soʻng, Somoniylar davlatiga hukmronlik qilgan Nasr II Ibrohimning akasi edi. 943-yilda Nuh I otasining oʻrniga taxtga chiqqan. Nuh hukmronligi davrida Ibrohim Iroqdagi Hamdoniylar saroyida yashagan. 945-yilda Nuh I muhtojiy Abu Ali Sagʻoniyning shafqatsiz boshqaruvi haqidagi shikoyatlarni tinglagach, uni Xuroson noibligidan ozod qilib, oʻrniga turkiy simjuriy Ibrohim ibn Simjurni tayinlashga harakat qildi. Abu Ali ushbu tayinlovni tan olmay, isyon koʻtaradi. Abu Ali Ibrohimni Iroqdan qaytishga koʻndirdi. Ibrohim avval Tikritga, keyin Hamadonga, soʻngra Somoniylar poytaxti Buxoroga yetib keladi. 947-yilda poytaxtni Abu Ali Sagʻoniy yordamida egallab, Somoniylar hukmdori boʻlgan.
Ibrohim va Abu Ali qoʻzgʻoloni tez orada butun mamlakat boʻylab, hatto Jibaldagi Rayga qadar yoyiladi. Ibrohimning hokimiyatini Abbosiy xalifa ham tezda tan oladi. Biroq, Ibrohim Buxoro aholisi orasida obroʻ qozona olmaydi. Nuh tez orada shaharni qaytarib olib, Ibrohim va uning ikki nafar ukasinig koʻzlarini koʻr qiladi. Ibrohimning keyingi taqdiri maʼlum emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Frye, R.N. „The Sāmānids“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 136–161-bet. ISBN 0-521-20093-8.
- Josef W. Meri, Wilferd Madelung, Farhad Daftary. Culture and Memory in Medieval Islam: Essays in Honor of Wilferd Madelung. I.B.Tauris, 2003 — 1–464-bet. ISBN 9781860648595.