Ibrohim alayhis-salom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim alayhis-salom — Qurʻonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Yakkaxudolikni targʻib qilgan. Allohning chin doʻsti (xalilulloh), imom („jamoa rahbari“), siddiq („haqiqatgoʻy“) va hanif („yakkaxudolikni targʻib qiluvchi“) deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, quyoshga sigʻinish notoʻgʻri ekanini koʻrsatib bergan. Yaʼni yulduzni yoki oyni koʻrsatib mana meni Xudoyim deb aytadi, kun yorishganidan keyin esa oy ham yulduz ham koʻrinmaganidan keyin bular Xudo boʻla olmas ekan degan va kunduzi quyoshni koʻrsatib mana unda meni Xudoyim degan ammo kech tushganida quyosh kirib ketganini koʻrib bu ham meni Xudoyim boʻla olmas ekan deb gʻayri dinlarga Xudo oy, yulduz, quyosh yoki shunga oʻxshash narsalar Xudo emas ekanligini tushuntirish uchun shunday degan. Ammo oʻzi sigʻinmagan Allohdan boshqa narsaga. Otasi Ozor va qavmlarini ham ana shunga daʼvat qilgan. Bu hakda Qurʻonda (Anbiyo surasi 53-56-oyatlar) kelgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan (Anbiyo surasi 58-60-oyatlar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻlib oʻtga tashlaganlar, ammo, u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqani Qurʻonda bayon qilingan (Anbiyo surasi 68-72-oyatlar). Qurʻonda yozilishicha, Alloh Ibrohim alayhis-salomga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Ishoq alayhis-salomlardir. Ismoil Muhammadning katta bobosi, Isxoq esa, Iso alayhis-salom va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosvdir. Ibrohim alayhis-salom tushida qilingan ilhomga asosan Allohga boʻlgan chin eʼtiqodi evaziga bitta oʻgʻli Ismoilni qurbon qilishga qaror qilgan, lekin Alloh bolaning oʻrniga qoʻchqor yuborgan. Makkai mukarramada Baytullohning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining 5-farzi — haj qilishIbrohim alayhis-salomga borib taqaladi. Kaʻba yaqinidagi „I. joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, xatna qilishni ham Ibrohim alayhis-salom nomi bilan bogʻlaydilar. Manbalarda Ibrohim alayhis-salomning 175 yil umr koʻrgani, oʻgʻillari tomonidan Madinatul Xalil (Xevron, Falastin)ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.

Manbalar[tahrir]