Ibrohim Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrohim Moʻminovich Moʻminovdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim Mo‘minovich Mo‘minov (7 noyabr 1908 yil, Buxoro amirligi, Tezguzar qishlog‘i — 22 iyul 1974 yil, Toshkent) — faylasuf, falsafa fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda falsafa maktabining asoschisi.

Tarjimai hol

I.Mo‘minov 1908 yil Buxoro amirligining hududida joylashgan Shofirkon tumanining Tezguzar qishlog‘ida tavallud topgan. Samarqandda O‘zbek pedagogika akademiyasini tamomlagan (1931).

1931 yildan Samarqand davlat universitetida o‘qituvchi, u yerda S.Ayniy, A.Fitrat, H.Olimjon kabi atoqli shoirlar, B.Soliyev, Ya.G‘ulomov kabi tarixchilar bilan birga ishlagan.

1933 yildan birlashtirilgan adabiyot fakultetining dekani. 1933 yildan 1935 yilgacha Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani. 1941 yilda Gegel falsafasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1950 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir-a'zosi (1943), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi (1956), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti (1956-1974). “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining bosh muharriri (1957-1974). “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri (1957). Ilk O‘zbek sovet ensiklopediyasining bosh muharriri. Bir qator ilmiy nashrlarning muharriri: “Samarqand tarixi” ikki jildda, “Buxoro tarixi”, “Xorazm tarixi” va boshqalar.

Falsafa va tarixga tegishli turli savollarga oid 200 dan ortiq monografiya va maqolalar I.M.Mo‘minov qalamiga mansub. Turli davlatlarda ilmiy ma'ruzalar bilan chiqdi: Italiya, Fransiya, Vengriya, Chexoslovakiya, Gretsiya, Pokiston, Afg‘oniston va boshqalar. Uning rahbarligida falsafaga oid 100 dan ortiq nomzodlik va 30 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Temuriylar davri san'ati bo‘yicha xalqaro YUNESKO simpoziumini tashkil qilish bo‘yicha tashabbuskor bo‘ldi (Samarqand, 1969 yil). O‘zbekiston yuqori palatasining deputati (4 chaqirishlar). Beruniy nomli O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1967).

I.Mo‘minov 1970 yilda Samarqandning 2500 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyaning tashabbuskori. Ushbu sanada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti asoslanib, Toshkentdan Samarqandga ko‘chirib o‘tkazilgan. Samarqandning 2500 yilligini nishonlash munosabati bilan Samarqand tashkil etilganiga tarix muzeyi ochilgan.

I.Mo‘minov 1974 yilning 22 iyulida Toshkentda vafot etdi. Toshkentning Chig‘atoyqabristonida dafn etilgan.

2003 yil Ibrohim Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatmasiga muvoffiq “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi (vafotidan so‘ng).

Tanlangan asarlari[tahrir]

O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojining tarixiy masalalariga nazar (XIX boshlari XX aa.) // O‘zbek universiteti mehnati. Yangi seriya. Nashr. 54. Samarqand, 1954;

SSSR xalqlarining falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikr tarixiga tavsif. T. 1,2. M., 1955-1956;

XIX asr oxiri va XX asr boshida O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlarni rivojlanishi tarixidan. 2-nashr. Toshkent, 1957;

Mirza Bedilning falsafiy qarashlari. Toshkent, 1958;

Xorazmning buyuk ensiklopedisti. Toshkent, 1973;

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1969— 72; Vidayushiyesya misliteli Sredney Azii, M., 1963; Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli, T., 1968; Mirzo Bedil, T., 1974; Oʻzbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tari-xidan lavxalar, T., 1999.

Adabiyot[tahrir]

  • Sadikov A.S, I.M. Moʻminov [bibliografiya], T., 1968; Vospominaniya o I. M. Muminove, T., 1978; Akademik Ibrohim Moʻminov |maqolalar va xotiralar], T., 1993; Shermuhammedov S, Krmusiy olim, T., 1998.